Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Artyomovsk boy berilsa, Zelenskiyga bo‘lgan ishonch pasayishi mumkin – OAV

© AP Photo / Olivier MatthysVladimir Zelenskiy vistupayet na press-konferensii na sammite YeS v Brussele v chetverg, 9-fevralya 2023 goda.
Vladimir Zelenskiy vistupayet na press-konferensii na sammite YeS v Brussele v chetverg, 9-fevralya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Shahar uchun kurash Kiyevga qimmatga tushmoqda, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Agar Artyomovskdagi Ukraina qurolli kuchlari askarlari qurshab olinsa yoki og‘ir yo‘qotishlarga uchrasa, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga bo‘lgan ishonch pasayishi mumkin. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.
“Shahar uchun kurash Kiyevga qimmatga tushmoqda; bu prezident ma’muriyatiga nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ishonchni pasaytirishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Shaharning Rossiya nazorati ostiga o‘tishi harbiy amaliyotlar chog‘ida Moskvaga yangi turtki beradi, deya xulosa qiladi maqola muallifi.
Artyomovsk DXRning Kiyev nazorati ostidagi qismi. Bu Donbassdagi ukrain guruhlarini ta’minlash uchun muhim transport yo‘li, u orqali avtomobil va temir yo‘llari o‘tgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0