AQSh uzra havo janggi: NORAD o‘zga sayyoraliklarni istisno etmadi

© AP Photo / Lee Jae-wonAmerikanskiy istrebitel F-16 Fighting Falcon. Arxivnoe foto.
Amerikanskiy istrebitel F-16 Fighting Falcon. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
AQSh osmonida aniqlangan noma’lum uchar jismlar nima edi? Nega ular fizika qonunlariga bo‘y so‘nmaydi? Bu NUJmi yoki biror davlat maxfiy yaratgan yangi texnologiya? Ushbu va boshqa savollarga harbiy ekspert Aleksandr Xrolenko javob berdi.
TOShKENT, 14 fev - Sputnik. Fevral oyi boshida XXR ulkan aerostatining AQSh hududi uzra tasodifan payqalgan parvozi Pentagon mutaxassislarini kuzatuvni kuchaytirishga va Shimoliy Amerika Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi jihozlarini (NORAD) qayta sozlashga majbur qildi.
Natija kutilgandan ham oshib ketdi - AQSh va Kanadada bir vaqtning o‘zida Xitoy aerostatidan butunlay farq qiladigan bir nechta noma’lum obyektlar kuzatildi. So‘nggi uch kunning o‘zida AQSh harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari uchta sirli uchar jismni urib tushirdi.
Shimoliy Amerika (NORAD) va AQSh Shimoliy qo‘mondonlik (NORTHCOM) havo-kosmik mudofaasi qo‘mondonligi rahbari, general Glen Van Xerkning aytishicha, 10-12 fevral kuni urib tushirilgan obyektlar o‘lchami bo‘yicha o‘xshash, tezlik – nisbatan katta emas, sekin harakat qiladi va ularning o‘zga sayyoradan bo‘lish ehtimolini istisno etmadi. Van Xerk – havaskor ufolog emas. Uning so‘zlari katta ahamiyatga ega. Xronologiyani ko‘rib chiqamiz.
Shimoliy Amerika hududi uzra besh kunlik parvozdan so‘ng, 4-fevral kuni F-22 qiruvchisi 20 kmdan ortiq balandlikda Janubiy Karolina qirg‘oqlari atrofida Xitoyning kuzatuv aerostatini urib tushirdi. Aerostat parchalari AQSh suv hududlariga tushgan, ularni mutaxassislar o‘rganishmoqda. Pekin “fuqarolik obyekti” urib tushirilganidan juda g‘azabga keldi. Vashington XXR apparati 40 dan ortiq mamlakat va beshta qit’ada faoliyat yuritadigan razvedka flotiga tegishli ekanini aytdi. AQSh davlat boshi kotibi Entoni Blinken Pekinga rasmiy tashrifini qoldirdi. Keyin esa eng qizig‘i boshlandi.
Amerikaliklar past tezlikdagi nishonlarni aniqlashni ustuvor maqsad qilib NORAD radarlarini qayta sozlaganda Alyaska ustidan kichik mashina o‘lchamidagi noma’lum uchar jismni (NUJ) payqashdi. Amerikaning F-22 qiruvchisi uni 10-fevral kuni 12 km balandlikda uzoqligi 20 km gacha bo‘lgan AIM-9X Sidewinder (havo-havo) raketasi bilan urib tushirdi. Dengiz muzlaridagi sirli apparat parchalari (samolet ham emas, havo shari ham emas) tadqiqotchilar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ikkinchi NUJ – “katta bo‘lmagan, silindr shaklida” – Shimoliy Kanada osmonida taxminan 12 km balandlikda aniqlangan va AQSh harbiy havo kuchlarining F-22 (AIM-9X raketasi bilan birgalikda) Kanada bosh vaziri Jastin Trudoning qarori bilan urib tushirilgan. Ma’lum bo‘lmagan hamma narsa - milliy xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid.
Uchinchi NUJ - burchaklarida osilgan iplar bilan sezilarli yuklamasi bo‘lmagan sakkizburchak - 12-fevral kuni Guron ko‘li ustida (Michigan shtati, AQSh), F-16 samolyoti tomonidan 6 km balandlikda aniqlangan va Prezident Jo Baydenning qarori bilan urib tushirilgan. Obyekt “fuqaro aviatsiyasi uchun xavf tug‘dirgan”.
Hamma uchta epizodda harbiy uchuvchilar sirli apparatlarga yaqinlashgan, ularni uchuvchisiz apparat deb o‘ylashgan, biroq Pentagon ma’lumotlari juda kam. Amerika jamoatchiligi sarosimada. AQSh Kongressida “amerikaliklar hozirgi berilayotgan ma’lumotlardan ko‘prog‘iga loyiq” ekani to‘g‘risida bayonotlar juda ko‘p eshitildi. Shu bilan birga Xitoy ham 12-fevral kuni Shandun sharqiy provinsiyasi osmonida noma’lum uchar jismni payqadi va uni yo‘q qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Milliy xavfsizlik- hammasidan ustun. Ehtimol, “yulduzlar jangi” ham shu tarzda boshlanadi.

Fizika qonunlariga zid tarzda

Shimoliy Amerika havo-kosmik qo‘mondonligini yuqori jangovar shay holatda. Sababi noma’lum. Vashington bo‘lib o‘tayotgan voqea-hodisalarga izoh topa olmayapti. CNN telekanali shunday xabar beradi: “Pentagon va Kapitoliydan sizib chiqayotgan nozik tafsilotlar allaqachon g‘ayrioddiy xalqaro epizodni yanada g‘alati qiladi va chalkashtiradi”. Senator Den Sallivan uchar obyektlardan kelayotgan tahdidlar tabiatini tushunish zarurligini alohida ta’kidlaydi. Hozircha NUJ lar nima evaziga havoda uchgani ma’lum emas. Apparatlarning kimga tegishli ekani – butun sayyorani qiziqtirmoqda. Baribir hammasini sir saqlab bo‘lmaydi.
AQSh hukumati birgina 2004-2021 yillarda 144 marotaba o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa shu jumladan 80 ta “ko‘p sensorli” NUJ ko‘rishlari va 11 ta Pentagon samolyotlari bilan to‘qnashuvlar haqidagi xabarlarni rasman qayd etgan. Qonunchilar talabiga binoan, 2022-yilning may oyida nufuzli spikerlar – Harbiy-dengiz razvedkasi direktori Skott Brey va Mudofaa vazirining razvedka va xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Ronald Multri 50-yilda ilk bor AQSh Kongressmenlariga noma’lum uchuvchi va suzuvchi jismlarning maxfiyligi oshkor etilgan fotosuratlar va videolarni ko‘rsatdi. Hech qanday “aniq” tushuntirishlar yo‘q.
Ehtimol, vakolatli mutaxassislar juda ko‘p narsani tushuntirib bera olishadi va “Xitoy hamda Rossiya singari salohiyatli raqiblarga bashorat qilib bo‘lmas yangi texnologiyalar bilan hayratlantirishiga yo‘l qo‘ymaslik”maqsadida o‘z sirlarini ochishni istashmaydi. AQSh Kongressidagi eshittirishlar maxfiylashtirildi.
Butun dunyoga mashhur astrofizik Mitio Kaku NUJ va kongressmenlarning “yerdan tashqaridagi” ixtirolarini ikkita ajoyib jumla bilan tushuntirdi: “Ushbu g‘alati kemalar mashhur fizika qonunlarini shubha ostiga qo‘yadi" va "NUJlar haqida dalil yo‘qligi dalil emas”. Haqiqat - yaqin.
Yangiliklar lentasi
0