AQSh boshqa davlatlarni kuzatish masalasida dunyoda birinchi o‘rinda turadi – Xitoy TIV

© AP Photo / Andy WongFlagi SShA i Kitaya
Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi: AQSh boshqa davlatlarni kuzatish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi, Yevropa ham bu borada shaxsiy tajribaga ega.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. AQSh boshqa davlatlarni kuzatish masalasida dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Hukumat kuzatuvi haqida gapirar ekanmiz, AQSh dunyoda birinchi raqamli davlat ekanligini va xalqaro hamjamiyat, jumladan Yevropa ham bu borada shaxsiy tajribaga ega ekanligini ta’kidlamoqchimiz”, dedi u.
Vang shuningdek, 1997-yildan beri AQSh harbiylari yuqori balandlikdagi razvedka sharlarini tadqiq qilish va ishlab chiqarishga milliardlab dollar sarmoya kiritganini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilda amerikalik harbiylar yuqori balandlikdagi havo sharlarini harbiy maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlashdi.
Ular endilikda Xitoy va Rossiyaning gipertovushli strategik qanotli raketalarini kuzatish uchun foydalaniladigan razvedka uskunasini olib yurishga qodir.
Yangiliklar lentasi
0