https://oz.sputniknews.uz/20230213/zilzila-sababli-turkiyada-prezident-saylovlari-qoldirilishi-mumkin--oav-32206743.html
Zilzila sababli Turkiyada prezident saylovlari qoldirilishi mumkin – OAV
Zilzila sababli Turkiyada prezident saylovlari qoldirilishi mumkin – OAV
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya nashrining xabar berishicha, zilzila oqibatlari sabab 14-may kuni rejalashtirilgan saylovlar o‘tkazilmasligi mumkin 13.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-13T12:26+0500
2023-02-13T12:26+0500
2023-02-13T12:26+0500
dunyoda
turkiya
zilzila
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0f/30761610_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_92006e4f184e37a7b42ffb2ad6193c2b.jpg
TOShKENT, 13 fev – Sputnik 14-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan umumiy saylovlar mamlakat janubi-sharqida ro‘y bergan vayronkor zilzila tufayli o‘tkazilmasligi mumkin, biroq hozir hukmron bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasi saylovni bekor qilish haqida muhokama qilayotgani yo‘q, deyiladi TGRT Haber xabarida.Shu bilan birga nashr Turkiya Respublikasi Konstitutsiyasining 78 moddasini keltirgan. Unga ko‘ra, saylovlar faqat urush holatidagina qoldirilishi mumkin.“78 moddaga ko‘ra: “Agar urush tufayli saylov o‘tkazilishi imkonsiz bo‘lsa, parlament saylovni bir yilga qoldirishga qaror qabul qilishi mumkin”. Boshqa tomondan Sobiq saylov komissiyasi zilzila oqibatlari sabab saylovlarni o‘tkazishni imkonsiz deb topishi ehtimoli ham muhokama qilinmoqda”, - deya aniqlik kiritadi telekanal.Turkiyaning amaldagi prezidenti Erdog‘an avvalroq umumsaylovlar (bir vaqtning o‘zida prezident va parlament saylovi) mamlakatda 14-may kuni belgilanganini ma’lum qilgan edi.Dushanba kuni Turkiyaning janubi- sharqida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Shu kunning o‘zida 7,6 magnitudali yana bir zilzila sodir bo‘ldi. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar – 29 605 kishini tashki etadi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0f/30761610_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_09fd64858f7503d68f88d30d5663bf1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, zilzila, saylovlar
dunyoda, turkiya, zilzila, saylovlar
Zilzila sababli Turkiyada prezident saylovlari qoldirilishi mumkin – OAV
Turkiya nashrining xabar berishicha, zilzila oqibatlari sabab 14-may kuni rejalashtirilgan saylovlar o‘tkazilmasligi mumkin
TOShKENT, 13 fev – Sputnik 14-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan umumiy saylovlar mamlakat janubi-sharqida ro‘y bergan vayronkor zilzila tufayli o‘tkazilmasligi mumkin, biroq hozir hukmron bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasi saylovni bekor qilish haqida muhokama qilayotgani yo‘q,
deyiladi TGRT Haber xabarida.
“Adolat va taraqqiyot partiyasining vakolatli qo‘mitalarida saylov kunining qoldirilishi yoki bekor qilinishi bilan bog‘liq hech qanday munosabat bildirilgani yo‘q. Biroq, 14-maydan boshlab variant zaiflasha boshlagan. Boshqa tomondan esa, muxolifat Xalq respublikasi partiyasi koridorlarida prezident Erdog‘anning saylovlarni eng kamida 1-yilga qoldirishi haqida mish-mishlar yuribdi. "İyi"(“Yaxshi partiya”) partiyasi raisi Meral Akshaner 14-may kuni rejalashtirilgan saylovlar qoldirilishini taxmin qilgan, ammo shu bilan birga ular bekor qilishini kutmayotganini aytgan”, - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga nashr Turkiya Respublikasi Konstitutsiyasining 78 moddasini keltirgan. Unga ko‘ra, saylovlar faqat urush holatidagina qoldirilishi mumkin.
“78 moddaga ko‘ra: “Agar urush tufayli saylov o‘tkazilishi imkonsiz bo‘lsa, parlament saylovni bir yilga qoldirishga qaror qabul qilishi mumkin”. Boshqa tomondan Sobiq saylov komissiyasi zilzila oqibatlari sabab saylovlarni o‘tkazishni imkonsiz deb topishi ehtimoli ham muhokama qilinmoqda”, - deya aniqlik kiritadi telekanal.
Turkiyaning amaldagi prezidenti Erdog‘an avvalroq umumsaylovlar (bir vaqtning o‘zida prezident va parlament saylovi) mamlakatda 14-may kuni belgilanganini ma’lum qilgan edi.
Dushanba kuni Turkiyaning janubi- sharqida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Shu kunning o‘zida 7,6 magnitudali yana bir zilzila sodir bo‘ldi. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar – 29 605 kishini tashki etadi.