Yangi haftada beqaror ob-havo kuzatiladi – O‘zgidromet

© Unsplash/ Loren Gudojd solnse pogoda okno steklo nebo tuchi
dojd solnse pogoda okno steklo nebo tuchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2023
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Ushbu xafta davomida O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik, 16-17 fevralda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
14-16 fevralda respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Kechalari havo harorati 0-5 darajagacha iliq, kunduz kunlari asosan 6-11 darajagacha iliq atrofida bo‘ladi. Respublika shimolida haftaning birinchi yarmida kechalari 5-10 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 0-5 darajagacha iliq, ikkinchi yarmida esa kechalari 2-7 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 2-7 darajagacha iliq bo‘ladi.
Poytaxtda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14-15 va 17-fevralda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi, 16-fevralda yomg‘ir kuzatiladi. Havo harorati kechalari 0-3 darajagacha iliq, kunduz kunlari 7-10 darajagacha iliq atrofida bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0