Turkiyadagi yer qimirlashida AQShning qo‘li bormi – harbiy ekspert javobi

© SputnikAleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel
Aleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2023
Obuna bo‘lish
Turkiyadagi yer qimirlashi AQShning yashirin geofizikaviy quroli yordamida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinmi? Sputnik muxbiri harbiy ekspert bilan suhbat qildi.
TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Turkiyada o‘tgan hafta sodir bo‘lgan fojiadan so‘ng bir necha mahalliy gazetalarda unda AQShning qo‘li borligi haqida, Qo‘shma shtatlar qandaydir noma’lum qurol yordamida ushbu tabiiy ofatni uyushtirgan o‘lishi mumkinligi haqida bir necha maqolalar paydo bo‘ldi.
Rossiyalik harbiy ekspert Aleksandr Xrolenko aytishiga ko‘ra, bu xabarlar asossiz emas. Bunning uchun ularda yashirin qurol va o‘ziga bo‘y sunmagan davlatlarga nisbatan har qanday jinoyatni amalga oshirish tajribasi bor.
Hammaga ma’lumki AQSh uzoq yillardan buyon HAARP nomli yaxrish qurolni ishlab chiqqan va uni takomillashtirib kelmoqda. Dastlab raketa zarbalaridan himoya vositasi sifatida ishlab chiqilgan ushbu qurolning sinov davomida uning iqlim o‘zgarishi ta’sir qilishi, muzliklarni eritish imkoniyati va hatto Yer sharining magnit maydoniga va Yer osti jarayonlariga yuqori chastotali nurlar yordamida ta’sir qilish kabi qo‘shimcha xususiyatlari aniqlangan. Bu bizga qanchalik uydirma kabi tuyulmasin, hammasi juda jiddiy.
Bu dasturning barcha jangovar xususiyatlari albatta yashirin, lekin Amerika uning qandaydir yangi xususiyatlarini sinovdan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Ustiga ustak, Turkiyada yanvar oyining oxirida mamlakatda AQSh va unga yaqin bo‘lgan bir necha davlatlar diplomatik vakolatxonalarning yopilishi shubha uyg‘otmoqda. Dastlab buning sababi terakt deyilgan bo‘lsa-da, buning uchun hech qanday asos yo‘q edi. Yer qimirlashi vaqtida Turkiya qirg‘oqlari yaqinida AQShning harbiy kemasi ham bo‘lgani shubhalarni yanada kuchaytirmoqda.
Amerikaliklar Turkiyani G‘arb davlatlari orasida o‘z fikriga ega bo‘lgani, Rossiyaga sanksiyalarga qo‘shilmagani, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishiga qarshilik qilayotgani uchun jazolash maqsadida qandaydir yangi geofizik qurolni sinovdan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Ha bunga ishonish qiyin, lekin biz o‘z maqsadiga erishish uchun AQSh har qanday jinoyatga qodir ekanini bilamiz. “Shimoliy oqim-2” gaz quvurining portlatilishini esga olsak, AQSh uning gapiga quloq solishni istamagan Germaniyani shu tariqa jazoladi va buni amalga oshirish yo‘lida, gaz quvurini portlatib, terrorchilik amaliyotini amalga oshirdi-ku.
To‘liq intervyuni quyida videolavhada rus tilida tomosha qilishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0