Rossiyada ta’qiqlangan foto va videolarni aniqlovchi maxsus tizim ishga tushdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishInformatsionnie texnologii
Informatsionnie texnologii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyada LGBT, narkotiklar, terrorchilik va suiqasdga undovga chaqiruvchi foto va videolarni avtomatik bloklash tizimi paydo bo‘ldi.
TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Rossiyaning Axborot texnologiyalari va OAVni nazorat qiluvchi organi - Roskomnadzor, Internet tarmog‘ida ta’qiqlangan kontentni avtomatik ravishda aniqlovchi - Okulus maxsus tizimini ishga tushirdi.
"Okulus 2022-yilning dekabr oyida sinovdan o‘tkazilgan edi. Ayni damda u ishga tushirilgan va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmoqda - tarmoqda joylashtirilgan foto va videomateriallarda qonun bilan ta’qiqlangan ma’lumotlarni aniqlamoqda", - deyiladi xabarda.
Tizim kompyuter ko‘rish texnologiyasidan foydalangan holda, fotosuratlar videolardagi tasvir va belgilarni, sahna va harakatlarni tanib oladi va tahlil qiladi. Ekstremistik mavzular, ommaviy noqonuniy tartibsizlikka chaqiriqlar, o‘z joniga qasd qilishga undash, giyohvand moddalarni qo‘llab-quvvatlash, LGBT targ‘iboti bilan bog‘liq materiallarni avtomatik tarzda aniqlaydi.
"So‘nggi yillarda Internetda qonun bilan taqiqlangan materiallar tobora ko‘payib bormoqda. <...> Bunday kontent onlayn makonda, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida keng tarqalishidan oldin topilib, bloklanishi kerak", - deydi Markaz matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, tizim har bir surat uchun taxminan 3 soniya sarflaydi. Uni ishlab chiqish qiymati 57,7 mln. rubl.
Yangiliklar lentasi
0