O‘zgidromet sel kelishi haqida ogohlantirdi

© Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati Kosonsoy tumaniga sel keldi
 Kosonsoy tumaniga sel keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2023
Obuna bo‘lish
14-16 fevralda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. 14-18 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Shuningdek, 14-16 fevralda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
14-18 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Avvalroq ushbu xafta davomida O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilayotgani aytilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0