O‘zbekiston yengil atletikachilari Osiyo chempionatida to‘rtta medalga ega bo‘lishdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaUzbekistanskie legkoatletki na Chempionate Azii v Astane
Uzbekistanskie legkoatletki na Chempionate Azii v Astane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Ostona shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
4x400 metrga yugurish bo‘yicha estafeta bahsida qatnashgan sportchi qizlar ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Ular qayd etgan 3:46:45 daqiqalik natija yangi milliy rekord sifatida qayd etildi.
Uzunlikka sakrash sektorida Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Darya Reznichenko 6,37 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bir kun avval Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, beshkurash bahslarida Yekaterina Voronina eng yaxshi natijaga erishdi.
Yangiliklar lentasi
0