Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 12-fevralning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota gaubis "Msta-B" v yujnom sektore SVO
Rabota gaubis Msta-B v yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanmalar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi oli borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida Granikovka, Dvurechnaya, Pershotravneve, Timkovka, Masutovka va Xarkov viloyatining Kraxmalnoe aholi punktlari hududlarida UQKning 14 va 92 mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalari ga zarba berildi. Natijada 80 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, 6 mashina va bitta D-20 gaubitsasini yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhining hujumi, aviatsiya va artilleriya zarbalari natijasida DXRning Torskoe, Yampolovka LXRning Stelmaxovka, Nevskoe, Chervonopopovka va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududida va "Serebranskiy" o‘rmon xo‘jaligida Ukraina Qurolli kuchlari 100 nafargacha harbiy xizmatchisi, BMP, beshta zirhli jangovar mashinasi va "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi zarbasi natijasida 250 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, BMP, to‘rtta avtomobil, ikkita M777 (AQSh) to‘pi, M109 "Paladin" (AQSh) o‘ziyurar gaubitsasi, "Akatsiya" gaubitsasi, "Giatsint" to‘pi va ikkita tankga qarshi "Rapira" to‘plari yo‘q qilindi. Shuningdek, LXRning Belogorovka qishlog‘i yaqinida o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida "Vostok" qo‘shinlari guruhi aviatsiyasi va artilleriyasi DXRning Pavlovka va Ugledar aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalariga zarbasi natijasida dushman 50 dan harbiy xizmatchisi, bitta tank, ikkita BMPva "Msta-B" gaubitsasini yo‘qotdi.
Shuingdek, DXRning Yelizavetovka va Zaporoje viloyatidagi Drujelyubovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida Kuybishevo qishlog‘i hududidaartilleriyaga qarshi jangda "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi, "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriya o‘tgan sutka davoida UQKning 78 ta artilleriya bo‘linmalarini 119 ta tumandagi o‘q otish joylarida yo‘q qildi.
DXRning Krasniy Liman aholi punkti yaqinida Ukrainaning Osa-AKM zenit-raketa majmuasi yo‘q qilindi.
Xarkov shahridagi Malisheva nomli zirhli transport vositalarini yig‘ish zavodi sexlari yuqori aniqlikdagi raketa zarbasi bilan vayron qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan LXRning Fomivka, Vladimirovka, Poltava, Golikovo Pshenichnoe, Kolomiychixa, Nijnyaya Duvanka va DXRning Lisichansk, Oktabrskoe, Terniy, Donkaskiy shaharlari hududlarida va Zaporojye viloyatining Rabotino, Priyutnoe va Sanopiyes ag‘oli punktlari hududida 17 ta uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘q qilindi. Bundan tashqari, 12 ta HIMARS (AQSh), "Olxa" va "Uragan" raketalari tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan Ukraina jami 384 ta samolyot, 207 ta vertolot, 3 105 ta uchuvchisiz uchish apparati, 404 ta zenit-raketa majmuasi, 7840 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1015 ta ko‘p sonli raketa tizimlari, 4073ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, 8350 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0