https://oz.sputniknews.uz/20230213/kvarts-shisha-zavodini-quvasoytsement-sotib-oldi-32217021.html
“Kvars” shisha zavodini “Quvasoysement” sotib oldi
“Kvars” shisha zavodini “Quvasoysement” sotib oldi
Sputnik O‘zbekiston
“Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyati “Kvars” AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini 265 mlrd so‘mga sotib olgan. 13.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-13T17:07+0500
2023-02-13T17:07+0500
2023-02-13T17:07+0500
iqtisod
savdo
biznes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0d/32214515_0:47:900:553_1920x0_80_0_0_23cd727353ef68623a5e5aa9895471aa.jpg
TOShKENT, 13 fev - Sputnik. “Kvars” AJning ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, “Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyati “Kvars” AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini 265 mlrd so‘mga sotib olgan.Qayd etilishicha, “Quvasoysement”ga “Kvars” korxonasining 47,2 mln yevro miqdoridagi kredit majburiyatlarini to‘liq qoplash yuklatilgan.Ma’lum qilinishicha, 2018-2021 yillarda 47,2 mln.yevro miqdoridagi bank kreditlari hisobiga “Kvars” AJda yillik quvvati 22,2 mln. kvadrat metr float-oyna ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilgan.Loyihani amalga oshirish doirasida jalb etilgan kredit mablag‘lari 2026-yil yakuniga qadar so‘ndirilishi belgilangan.Ma’lumot uchun, “Quvasoysement” AJ yuqori sifatli mineral qo‘shimchali portlandsement, tarkibida gips va ohakli birlashtiruvchi aralashmalar, qovurg‘ali asbest sement listlar, keramik cherepitsalarni ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0d/32214515_50:0:850:600_1920x0_80_0_0_28be9ccec7600ac4d71bb9564e1b451e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, savdo, biznes
“Kvars” shisha zavodini “Quvasoysement” sotib oldi
“Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyati “Kvars” AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini 265 mlrd so‘mga sotib olgan.
TOShKENT, 13 fev - Sputnik. “Kvars” AJning ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, “Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyati “Kvars” AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini 265 mlrd so‘mga sotib olgan.
Qayd etilishicha, “Quvasoysement”ga “Kvars” korxonasining 47,2 mln yevro miqdoridagi kredit majburiyatlarini to‘liq qoplash yuklatilgan.
“Kvars” AJ aksiya paketini xususiylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro jarayon natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma’qullangan.
Ma’lum qilinishicha, 2018-2021 yillarda 47,2 mln.yevro miqdoridagi bank kreditlari hisobiga “Kvars” AJda yillik quvvati 22,2 mln. kvadrat metr float-oyna ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilgan.
Loyihani amalga oshirish doirasida jalb etilgan kredit mablag‘lari 2026-yil yakuniga qadar so‘ndirilishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, “Quvasoysement” AJ yuqori sifatli mineral qo‘shimchali portlandsement, tarkibida gips va ohakli birlashtiruvchi aralashmalar, qovurg‘ali asbest sement listlar, keramik cherepitsalarni ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi.