https://oz.sputniknews.uz/20230213/jsst-dunyoda-vabo-tarqalishi-xavfini-juda-yuqori-deb-baholadi-32217296.html
JSST dunyoda vabo tarqalishi xavfini “juda yuqori” deb baholadi
JSST dunyoda vabo tarqalishi xavfini “juda yuqori” deb baholadi
Sputnik O‘zbekiston
Shu yil fevral oyiga kelib 18 ta mamlakat hududida mazkur kasallik avj olgani xabar qilindi. 13.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-13T17:36+0500
2023-02-13T17:36+0500
2023-02-13T17:36+0500
dunyoda
salomatlik
vabo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27015777_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_44d46b77c3aaa9e8fa3cbd5fdf9e01f3.jpg
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. 2022-yil dekabr oyi o‘rtalaridan boshlab Yer yuzida vabo bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.Xususan, shu yil fevral oyiga kelib 18 ta mamlakat hududida mazkur kasallik avj olgani xabar qilindi. Ularda epidemiyadan o‘lim ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqori.Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi ikki asr davomida Yer sayyorasida yettita vabo pandemiyasi qayd etilgan. Ulardan yettinchisi 1961-yilda boshlangan bo‘lib, hamon davom etmoqda.Garchi pandemiya o‘tgan asrning 90-yillari oxirida sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, Afrika va Osiyo davlatlarida hanuz epidemiyaning yangi to‘lqinlari vujudga kelyapti.Ma’lumot uchun, vabo o‘tkir diareya infeksiyasi bo‘lib, har yili o‘rtacha 2,9 million kishida aniqlanadi. Achinarlisi, bemorlardan 95 ming nafari infeksiya asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yummoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27015777_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_c0e36ed7532a7e6f6c76592b3ec20a1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, salomatlik, vabo
dunyoda, salomatlik, vabo
JSST dunyoda vabo tarqalishi xavfini “juda yuqori” deb baholadi
Shu yil fevral oyiga kelib 18 ta mamlakat hududida mazkur kasallik avj olgani xabar qilindi.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. 2022 yil dekabr oyi o‘rtalaridan boshlab Yer yuzida vabo bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.
Xususan, shu yil fevral oyiga kelib 18 ta mamlakat hududida mazkur kasallik avj olgani xabar qilindi. Ularda epidemiyadan o‘lim ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqori.
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi ikki asr davomida Yer sayyorasida yettita vabo pandemiyasi qayd etilgan. Ulardan yettinchisi 1961-yilda boshlangan bo‘lib, hamon davom etmoqda.
Garchi pandemiya o‘tgan asrning 90-yillari oxirida sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, Afrika va Osiyo davlatlarida hanuz epidemiyaning yangi to‘lqinlari vujudga kelyapti.
Bemorlar soni ko‘payishi va kasallik geografiyasi kengayishi, qolaversa, vaboga qarshi vaksinalar hamda boshqa resurslar taqchilligini hisobga olib, JSST kelgusi oylarda bu xastalikning yanada avj olishi xavfini juda yuqori, deb baholaydi.
Ma’lumot uchun, vabo o‘tkir diareya infeksiyasi bo‘lib, har yili o‘rtacha 2,9 million kishida aniqlanadi. Achinarlisi, bemorlardan 95 ming nafari infeksiya asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yummoqda.