Indoneziya telekanali O‘zbekistonda ziyorat turizmi haqida ko‘rsatuv suratga oladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina polzuyetsya pultom
Mujchina polzuyetsya pultom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rsatuv epizodlari Samarqand va Buxoroda tasvirga olinadi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Indoneziya telekanali ijodkorlari “Muslim Traveler” ko‘rsatuvini O‘zbekistonda suratga oladi. Bu haqda turizm va madaniy meros vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ko‘rsatuv epizodlari Samarqand va Buxoroda tasvirga olinadi. Bu borada Indoneziyadagi uchrashuvlarda kelishuvga erishilgan.
Samarqand viloyati hokimligi, madaniyat va turizm vazirligi hamda tegishli tashkilotlardan iborat delegatsiya Malayziya va Indoneziyada bo‘ldi. Maqsad - O‘zbekistonga turistlar, aviakompaniyalar va investorlarni jalb qilish.
“Indoneziyaning “NET MEDIA” kompaniyasi strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Eko Yuvono bilan uchrashuvda O‘zbekistonning turizm salohiyati to‘g‘risida hamkorlikda videoko‘rsatuv tayyorlash masalasi ham muhokama etildi”, - deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, fevral–mart oylarida tasvirga olish guruhi a’zolarining O‘zbekistonga tashrif buyurishi va “Muslim Traveler” ko‘rsatuvini Samarqand va Buxoroda tasvirga olish va efirga uzatishga doir kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand turizm markazi va “ASITA” turistik uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Yangiliklar lentasi
0