AQSh Ukrainaga yadro quroli yetkazib berish haqida o‘ylamoqda
21:46 13.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023)
© Public domain/National Nuclear Security Administration / Nevada Site OfficeIspitanie termoyadernogo vzrivnogo ustroystva v SShA
Obuna bo‘lish
Amerika rahbariyati Rossiya va Xitoy oldidagi davlatlarga yadro qurolini tarqatish bilan tahdid qilmoqda.
TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Vanihoyat, gumonlar tasdiqlandi. Bir yil oldin, Munxen konferensiyasida Vladimir Zelenskiy Yevropa rahbarlariga Budapesht memorandumi shartlari bajarilmagan deb hisoblashini va Ukraina ham o‘zini ushbu kelishuvni bajarishga majbur emas deb hisoblamasligiga ochiq-oydin shama qilgan edi. Ma’lumot uchun: Ushbu shartnoma bo‘yicha Ukrainaning asosiy majburiyati - yadro qurolidan voz kechish edi.
Ammo dunyoda hech kim yadro qurolini osonlikcha qo‘lga kiritmagan, hattoki qo‘lingizda kerakli texnologiya bo‘lsa ham. Ma’lumki, Ukrainada bunday texnologiya bor. Yadro quroligi ega bo‘lish uchun sizga biror kuchli mamlakat “krisha” bo‘lishi kerak. Kiyev bir yildan buyon Vashingtonga aynan shunga shama qilib kelmoqda.
AQSh bunga anchadan beri qarshilik qilib kelayotgan edi, chunki Budapesht shartnomasini 1990-yillarda ularning o‘zi birinchi bo‘lib yoqlab chiqqan. AQSh o‘shanda SSSR yadro quroli sobiq Ittifoq respublikalari bo‘ylab tarqalib ketishidan juda qo‘rqishgan edi. Chunki biror diktator hukumat boshiga kelib Yevropa yoki Amerikaga zarba berishga qaror qilsa nima bo‘lishi – Vashingtonni chinakam dahshatga solardi.
Lekin bugun, AQsh axborot maydonida Ukrainaga yadro quroli berish yoki uni ishlab chiqarishga imkon yaratish mavzusi qandaydir yengillik bilan yoritila boshladi. Va Amerika “armiyasi ovozi” hisoblangan The Washington Post birinchilar qatorida.
Uyerda Yon Vulfshtal ismli AQShning yadro qurolidan xoli bo‘lish bo‘yicha mutaxassisi Ukrainaga yadro quroli berish g‘oyasini tahlil qilgan. Bir necha yil oldin Shimoliy Koreyasni yadro qurolidan mahrum qilish uchun jon jahdi bilan kurashgan, lekin qo‘lidan hech narsa kelmagan mutaxassis bugun boshqa qutbda.
"Ukraina bizning va’dalarimiz asosida yadro qurolini topshirdi. Biz undan qarzdormiz" deb nomlangan maqola “Bugungi urushning har qanday natijasi – Ukraina suverenitetini buzadi va u yadro qurolidan voz kechib xato qilganini ko‘rsatadi”, - degan so‘zlar bilan boshlanadi maqola.
Kelajakda Ukraina misoli, dunyoda ko‘plab mamlakatlar uchun misol bo‘lishi mumkin. Ular o‘z suverenitetini saqlab qolish uchun ham yadro quroliga ega bo‘lishni xoxlashi mumkin, deb mulohaza yuritadi mutaxassis.
Bir vaqtning o‘zida Vashington ma’muriyati uchinchi jahon urushi boshlanib ketishidan qo‘rqadi va shuning uchun ochiqchasiga Ukraina ular istaganicha qurol yetkazib bera olmaydi. Yadro qurollarini tarqatmaslik bo‘yicha mutaxassis uchun ushbu ehtiyotkorlik "qayg‘uli va afsusli" ko‘rinadi.
Xullas, mutaxassis Ukrainaga "hamma narsa", jumladan, yadroviy qurol ham berilsa, u holda global yadro urushi bo‘ladi, agar yetarlicha qurol berilmasa - Ukraina yutqazadi, degan xulosaga kelgan. Bunday vaziyatda, uning fikricha yagona to‘g‘ri yo‘l – bu mojaroni iloji boricha uzoqroq cho‘zish va o‘shanda Rossiya albatta yutqazadi. Bu ukrainaliklar uchun juda yomon xabar, albatta, chunki “g‘alaba”gacha birorta ham ukrainalik yetib bormasligi mumkin.
Maqola antiqa xulosa bilan yakunlanadi – nima qilib bo‘lsa ham Rossiya va Xitoyni yadro arsenallarini qisqartirishga majburlash. Bu, albatta, o‘ziga xos yondashuv: eng yirik yadroviy davlatlar atrofini harbiy bazalar bilan o‘rab olib, ochiqchasiga urushlar boshlash, “Shimoliy oqim”dagi kabi diversiyalar uyushtirish va bir vaqtning o‘zida hech narsa bo‘lmagandek muzokaralar va qurollarni qisqartirishga chaqirish. Ha, albatta, biz sizni eshitdik.
Yadro qurolining tarqalishi xatarlari haqidagi barcha ikkiyuzlamachi xulosalarga qaramay, amerikalik mutaxassisning matni Rossiyaga nisbatan niqoblangan tahdiddek eshitiladi. “Siz arsenallaringizni kamaytirishing kerak, bu orada yadro qurolini qayerga va kimga tarqatishimiz haqida o‘ylab ko‘ramiz” qabilida.
Yaqinda AQShning rusofobiyasida eng quturgan The Atlantic jurnali xuddi shu mavzuda maqola chop etdi. Ular ham Rossiyaning g‘alabasidan juda qo‘rqishadi. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, taniqli jurnalist Erik Shlosser jamoatchilikni qo‘rqitadi, turli davlatlar ham to‘satdan yadro arsenaliga ega bo‘lishni xohlashadi. Sobiq ittifoq respublikalari uchun bu ayniqsa "vasvasa"ga aylanishi mumkin.
Bir vaqtining o‘zida Xitoyga qarshi tahdidlar ham kuchaymoqda. "Yaponiyada tonnalab harbiy plutoniy bor, <…> u bir yil ichida yadro qurolini yaratishi mumkin, - deydi Shlosser. "Janubiy Koreya ikki yilda ham shunday qilishi mumkin. Tayvan, agar xohlasa, bir necha yil ichida yadro quroliga ega bo‘ladi.”
Amerikaliklarning sof gangster tilidan oddiy va tushunarli tilga o‘girilganda, buni quyidagicha tushunish mumkin: Amerika rahbariyati dunyoning yirik davlatlarini ularning eshigi oldida yadro qurolini tarqatish bilan qo‘rqitmoqchi. Yaxshilikcha yadro qurolingizni bizga topshiring aks holda ... Nima ham derdik, orzuga ayb yo‘q.