AQSh Rossiya va MDHda teraktlar uyushtirish uchun jangarilar yollagani ma’lum bo‘ldi
© © Foto : U.S. Army / Staff Sgt. William HowardAmerikanskie voyennie provodat obuchenie boyevikov iz gruppirovki "Djeysh Magavir as-Saura" na voyennoy baze Et-Tanf v Sirii. Arxivnoe foto
© © Foto : U.S. Army / Staff Sgt. William Howard
Obuna bo‘lish
Tashqi razvedka vazirligi AQSh Rossiya va MDH mamlakatlarida teraktlar uchun jangari-jihodchilarni yollayotgani haqida ma’lum qildi.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik Amerika maxsus xizmatlari shu yilning yanvar oyida Rossiya va MDH mamlakatlarida teraktlar uyushtirishi uchun Suriyada 60 nafar jangarini yollagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Tashqi razvedka xizmati xabar bermoqda.
“TRV ga kelib tushayotgan ishonchli ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik harbiylar Rossiya va MDH mamlakatlari hududlarida terakt uyushtirishi uchun “Islom davlati”* va “Al-Qoida”* ga aloqador jihodiy guruhlar jangarilarini faol ravishda yollashmoqda”, - deyiladi vazirlik xabarida.
TRV ma’lumotlariga ko‘ra, amerikaliklar Markaziy Osiyo va Rossiyaning Shimoliy Kavkaz hududlaridan bo‘lgan jangarilar bilan hamkorlikka ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlarda qatnashish tajribasiga ega bo‘lgan terrorchilar hozir Suriyadagi Al-Tanfdagi Amerika bazasida tezkor tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.
“U yerda ularga qo‘lbola portlovchi qurilmalarni yasash va ulardan foydalanish ko‘nikmalari, shuningdek, qo‘poruvchilik usullari o‘rgatiladi. Ayniqsa, yaxshi qo‘riqlanadigan obyektlarga, jumladan, xorijiy diplomatik vakolatxonalarga hujumlarni rejalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Yaqin vaqtlarda AQSh Rossiya va boshqa MDH mamlakatlariga kichik guruhlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bundun so‘ng jangarilar diplomatlar, davlat xizmatchilari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va harbiylarga qarshi terakt uyushtirishi kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, AQSh harbiylari rejasiga ko‘ra, ular xalqaro terroristik guruhlar, jumladan, “Hizb ut-Tahrir”*, “Jamoat Ansorulloh”* va “O‘zbekiston Islomiy Harakati”*ning yashirin kichik guruhlari bilan bilan birgalikda hujumlar uyushtirishadi.
“Biz AQSh kuchishlatar tuzilmalarida hech qanday axloqiy tamoyillar qolmaganini ko‘rapmiz. Rossiyani “zaiflashtirish” be’mani g‘oyasi ularning ko‘zlarini shu qadar ko‘r qilganki, hatto vashingtonlik strateglar o‘zlarining iflos maqsadlari yo‘lida terrorchilardan foydalanish mumkin deb o‘ylaydi”, - deyiladi xabarda.
Tashqi razvedka vazirligining alohida ta’kidlashicha, bunday hatti-harakatlari bilan AQSh o‘zini yirik xalqaro terrorchi guruhlarining safiga kiritmoqda.
*Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilotlar