Turkiyadagi zilzila oqibatida voleybol jamoasining 34 nafar a’zosi halok bo‘ldi

© AP Photo / DIA ImagesRazrusheniya v gorode Kaxramanmarash, Tursiya, 6-fevralya 2023 goda.
Razrusheniya v gorode Kaxramanmarash, Tursiya, 6-fevralya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2023
Obuna bo‘lish
Halok bo‘lganlarning jasadlari shahar mehmonxonasida topilgan.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Turkiyaning Adiyaman shahrida Famagusta shahridan kelgan turk-kipr voleybol jamoasining 34 nafar a’zosi zilzila oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Katimerini” gazetasi xabar bergan.
Halok bo‘lganlarning jasadlari shahar mehmonxonasida topilgan, jamoaning yana bir a’zosini qidirish davom etmoqda.
6 fevral kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, u 1939-yildan beri eng kuchli zilzila bo‘ldi. O‘sha kuni tushdan keyin yana 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 24,6 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0