Rossiya va Saudiya Arabistoni harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirish ustida ishlamoqda – elchi

© Vladimir VyatkinGosudarstvenniy flag Rossiyskoy Federatsii
Gosudarstvenniy flag Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2023
Obuna bo‘lish
Aytilishicha, qirollikda mudofaa imkoniyatini diversifikatsiya qilish, jumladan, dunyoning boshqa davlatlari bilan harbiy-texnik hamkorlik geografiyasini kengaytirish tarafdori bo‘lgan kayfiyat kuchaygan.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Rossiya va Saudiya Arabistoni harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ishlarni faollashtirdi. Bu haqda Rossiyaning Ar-Riyoddagi elchisi Sergey Kozlov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qirollikda mudofaa imkoniyatini diversifikatsiya qilish, jumladan, dunyoning boshqa davlatlari bilan harbiy-texnik hamkorlik geografiyasini kengaytirish tarafdori bo‘lgan kayfiyat kuchaygan. Uning aytishicha, Rossiya ham ularning ichiga kiradi.
“So‘nggi paytlarda bu boradagi tegishli ishlar sezilarli darajada faollashdi. Xususan, ikki tomonlama muntazam aloqalar, jumladan, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiya-Saudiya hukumatlararo qo‘shma komissiyasi kabi ish formati ham shundan dalolat beradi”, - dedi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali neft bozorini muhokama qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0