O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida Toshkent hayvonot bog‘i haqida film suratga olindi

© Tashkentskiy zooparkNoviy vxod v Tashkentskiy zoopark
Noviy vxod v Tashkentskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2023
Obuna bo‘lish
Kinokartinada Toshkent hayvonot bog‘idagi jonivorlar haqida hikoya qilinadi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va “Rossiya-Kultura” telekanali hamkorligida “Hayvonlar haqida dialoglar” ilmiy-ommabop filmi yaratildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, film 16 qismdan iborat. U “Hujjatli va kinoxronikal filmlar kinostudiyasi” hamda “2V” studiyasi bilan hamkorlikda tasvirga olingan. Ssenariy muallifi va rejissor Ivan Zatevaxin, postanovkachi operator Vladimir Kokorov.
“Kinokartinada Toshkent hayvonot bog‘idagi jonivorlar haqida hikoya qilinadi. Filmdan bog‘ mutasaddilari, soha mutaxassislari va boshqalar bilan suhbatlar, dialoglar joy olgan”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mazkur film 5-fevraldan har yakshanba kuni “Rossiya-Kultura” telekanali orqali efirga berila boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0