G‘arb zudlik bilan Kiyevga qurol bermasa, Rossiya Ukrainani mag‘lub etishi mumkin - Duda

© AFP / MATEUSZ SLODKOWSKIPrezident Polshi Adjey Duda
Prezident Polshi Adjey Duda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2023
Obuna bo‘lish
Dudaga ko‘ra, Ukrainada odamlar bor, ammo zamonaviy infratuzilma yo‘q.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Agar G‘arb davlatlari yaqin haftalarda Kiyevga harbiy texnika yetkazib bermasa, Rossiya Ukrainani mag‘lub etadi. Bu haqda Polsha prezidenti Anjey Duda ta’kidladi.
“Agar biz yaqin haftalarda Ukrainaga harbiy texnika jo‘natmasak, (Rossiya prezidenti Vladimir) Putin g‘alaba qozonishi mumkin. U g‘alaba qozonishi mumkin va biz u qayerda to‘xtashini bilmaymiz”, - dedi Polsha rahbari “Le Figaro” nashriga bergan intervyusida.
Unga ko‘ra, Ukrainada odamlar bor, ammo zamonaviy infratuzilma yo‘q.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0