Toshkentdagi ayrim hududlarda suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
© pexels.com/Nithin PAKrupnim planom foto kapli vodi
© pexels.com/Nithin PA
Obuna bo‘lish
Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Toshkentdagi Sergili va Yangihayot tumanlarida 13-fevral kuni suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” xabar berdi.
Sergeli tumani yer usti metrosi qurilishi jarayonida diametri 1000 mm bo‘lgan tarmoqlarning ko‘chirib o‘tilishi sababli ikki tumanda soat 09:00 dan soat 20:00 gacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sergeli tumani:
"Daryo bo‘yi", “Fayzli”, “Jaloir”, “Qipchoq”, “Sug‘diyona”, “Sofdil”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Mexrigiyo”, "Yangi Sergeli", “Ezgulik”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Bunyodobod” mahallalarida;
Yirik sanoat korxonalari, jumladan: “Rersi” zavodi, “Mo‘’tabar” un zavodi, G‘isht zavodi, Keramika zavodi, Bojxona ombori, OBD qozonxonasi;
Maktabgacha ta’lim va maktab ta’lim muassasalarida hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida.
Yangihayot tumani:
“Qipchoq”, “Yo‘ldosh”, “Al-Farg‘oniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Do‘stlik”, “Chortoq”, “Charog‘on”, “Toshkent”, “Ibrat”, “Iqbol”, “Humo”, "Yangi Umid", "Yorqin xayot", “Marhamat” mahallalarida;
37-sonli polklinika, 1-sonli tug‘ruq kompleksi, Teri tanosili shifoxonasi, O‘likxona, Yangihayot tumani hokimiyati binosi, Non ishlab chiqarish korxonasi, 12-sonli avtobus saroyi, ko‘tarma nasos stansiyasi, "Grin park" bog‘i, “Evrika” bolalar bog‘chasi, metall zavodi.
Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.