O‘zbekistonlik oshpazlar guruhi Turkiyada zilziladan jabr ko‘rganlar uchun ovqat tayyorlaydi

© Genkonsulstvo Uzbekistana v StambuleUzbekskie povara priyexali v postradavshie regioni Tursii
Uzbekskie povara priyexali v postradavshie regioni Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2023
Obuna bo‘lish
Ishchi gurux zilzila sodir bulgan hududga qarab yo‘l oldi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik oshpazlar guruhi Turkiyada zilziladan jabr ko‘rganlar uchun ovqat tayyorlaydi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talofatlar ko‘rilgani tufayli mamalakatga O‘zbekistondan oshpazlar guruhi yuborildi.
Bugun oshpazlar guruhi Bosh konsulxona xodimlari tomonidan kutib olindi.
“Ular zilziladan jabr ko‘rganlar uchun issiq ovqat tayyorlaydi. Ishchi gurux zilzila sodir bulgan hududga qarab yo‘l oldi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Turkiyada o‘zbekistonliklar tomonidan qurilgan harbiy dala gospitali ham ish boshlagan. Hatay viloyatining Ovakent mahallasida faoliyatini boshlagan harbiy dala gospitali zilziladan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0