Yengil atletika: o‘zbekistonlik sportchi OChda oltin medalni qo‘lga kiritdi - video

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Yengil atletika
Yengil atletika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2023
Obuna bo‘lish
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonda o‘tayotgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Osiyo chempionatida terma jamoaning birinchi oltin medaliga mualliflik qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonda o‘tayotgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda.
Beshkurash dasturida ishtirok etgan Yekaterina Voronina jamoaning birinchi oltin medaliga mualliflik qildi. U musobaqada 4386 ochko to‘plashga erishdi.
Yekaterina Voronina (O‘zbekiston) – 4386
Svapna Barnan (Hindiston) – 4119
Yuki Yamasaki (Yaponiya) – 4078
Yangiliklar lentasi
0