https://oz.sputniknews.uz/20230210/tolibon-birorta-ham-vadasini-bajarmadi---rossiya-elchisi-32183400.html
Tolibon* birorta ham va’dasini bajarmadi - Rossiya elchisi
Tolibon* birorta ham va’dasini bajarmadi - Rossiya elchisi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Tojikistondagi elchisi aytishiga ko‘ra, Tolibon* hukumat boshiga kelish vaqtida bergan va’dalaridan birortasini ham bajarmagan. 10.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-10T21:47+0500
2023-02-10T21:47+0500
2023-04-05T18:43+0500
dunyoda
afg‘oniston
tojikiston
tolibon
chegara
kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21135106_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_53636d38e51e518a989ddaf9bb756b3e.jpg
TOShKENT, 10 fev - Sputnik, Lidiya Isamova. Tolibon Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganida bergan va’dalarining birortasi ham bajarilmadi, dedi Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semon Grigorev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.Diplomat Afg‘onistonda hamma narsa salbiy tomonga rivojlanayotganidan afsusda ekanini ma’lum qildi. Tolibon* hokimiyatga kelganidan so‘ng u bergan deyarli barcha va’dalar – xalqaro terroristik tashkilotlarga qarshi kurash, inklyuziv hukumat tashkil qilish, narkotik ishlab chiqarish va kontrabandaga qarshi kurash bo‘yicha - va’dalarning birortasi bajarilmagan.Afg‘oniston tomonidan terrorchilar va ekstremistlar kirib kelishi ehtimoli haqida Grigorev, MDH va KXShTning janubiy chegarasi bo‘lgan tojik-afg‘on chegarasining (taxminan 1400 kilometr) mustahkamligini tekshirishni hech kim istamasligini aytdi."Shunga qaramay, voqealarning har qandaf rivojlanish strategiyasi hisobga olinmoqda. Tojikiston tomoni bilan mudofaa, maxsus idoralar va chegara xizmatlari orqali yaqin aloqalar o‘rnatilgan. Bunday xavflarga tegishli javob choralari, jumladan jamoaviy tartibda ham muntazam ravishda amalga oshirilmoqda”, - dedi rossiyalik diplomat.Uning qo‘shimcha qilishicha, KXShT mas’uliyat zonasining janubiy chegaralari xavfsizligi kafolati 201-Rossiya harbiy bazasi bo‘lib, u Tojikiston bilan hamkorlikda o‘zining murakkab, ammo mas’uliyatli missiyasini sharaf bilan bajarmoqda.Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgust oyi boshida Tolibon afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi. O‘sha yilning sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga Muhammad Hasan Oxund boshchilik qilgan edi. U Tolibon* birinchi hukmronligi davrida Tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan va shu vaqtdan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan. * Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot.
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21135106_55:0:2786:2048_1920x0_80_0_0_59fcdb79c0b2ed85b19e33d9184757a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston, tojikiston, tolibon, chegara, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht), rossiya
dunyoda, afg‘oniston, tojikiston, tolibon, chegara, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht), rossiya
Tolibon* birorta ham va’dasini bajarmadi - Rossiya elchisi
21:47 10.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Rossiyaning Tojikistondagi elchisi aytishiga ko‘ra, Tolibon* hukumat boshiga kelish vaqtida bergan va’dalaridan birortasini ham bajarmagan.
TOShKENT, 10 fev - Sputnik, Lidiya Isamova. Tolibon Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganida bergan va’dalarining birortasi ham bajarilmadi, dedi Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semon Grigorev RIA Novosti agentligiga bergan
intervyusida.
"Tolibon hokimiyatga kelganida bergan va’dalarining deyarli barchasi bajarilmadi. Tolibon hokimiyat tepasiga kelgani bilan Afg‘oniston hududidan hech qanday terror tahdidi bo‘lmasligiga kafolat berdi. Shunga qaramay, so‘nggi oylarda biz yirik teraktlar guvohi bo‘ldik, jemladan jumladan Kobuldagi diplomatik vakolatxonalar va shimoliy qo‘shnilar bilan chegarada ham”, - dedi u.
Diplomat Afg‘onistonda hamma narsa salbiy tomonga rivojlanayotganidan afsusda ekanini ma’lum qildi. Tolibon* hokimiyatga kelganidan so‘ng u bergan deyarli barcha va’dalar – xalqaro terroristik tashkilotlarga qarshi kurash, inklyuziv hukumat tashkil qilish, narkotik ishlab chiqarish va kontrabandaga qarshi kurash bo‘yicha - va’dalarning birortasi bajarilmagan.
"Biz terrorchilik tashkilotlarining erkin faoliyat yuritishda davom etayotganini ko‘rapmiz, inklyuziv hukumat haqida umuman gap yo‘q. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, opium ekinlari maydonlari ko‘paygan, sintetik giyohvand moddalar ishlab chiqarish bir necha marta ko‘paygan. Afg‘onistonning aholisining og‘ir ahvoli - bu qayg‘uli vaziyatni yanada ayanchli qiladi", - dedi Rossiyaning Dushanbedagi elchisi.
Afg‘oniston tomonidan terrorchilar va ekstremistlar kirib kelishi ehtimoli haqida Grigorev, MDH va KXShTning janubiy chegarasi bo‘lgan tojik-afg‘on chegarasining (taxminan 1400 kilometr) mustahkamligini tekshirishni hech kim istamasligini aytdi.
"Shunga qaramay, voqealarning har qandaf rivojlanish strategiyasi hisobga olinmoqda. Tojikiston tomoni bilan mudofaa, maxsus idoralar va chegara xizmatlari orqali yaqin aloqalar o‘rnatilgan. Bunday xavflarga tegishli javob choralari, jumladan jamoaviy tartibda ham muntazam ravishda amalga oshirilmoqda”, - dedi rossiyalik diplomat.
Uning qo‘shimcha qilishicha, KXShT mas’uliyat zonasining janubiy chegaralari xavfsizligi kafolati 201-Rossiya harbiy bazasi bo‘lib, u Tojikiston bilan hamkorlikda o‘zining murakkab, ammo mas’uliyatli missiyasini sharaf bilan bajarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgust oyi boshida Tolibon afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi. O‘sha yilning sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga Muhammad Hasan Oxund boshchilik qilgan edi. U Tolibon* birinchi hukmronligi davrida Tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan va shu vaqtdan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot.