Prezident Andijonda tashrif buyurgan yig‘ma uy qanday texnologiya asosida qurilgan - foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane
Shavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Zamonaviy yig‘ma uylarning devorlari zavodda yuqori aniqlikda tayyorlanadi va joyida 10-15 kunda jamlanadi. Batafsil Sputnik maqolasida.
TOShKENT, 10 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Andijon viloyatiga bo‘lgan tashrifi chog‘ida tajriba sifatida qurilgan yig‘ma uyda yashayotgan xonadonga tashrif buyurgan edi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pobival v maxalle Sadda-tagi v Andijanskom rayone.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pobival v maxalle Sadda-tagi v Andijanskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Prezident Shavkat Mirziyoyev pobival v maxalle Sadda-tagi v Andijanskom rayone.
Chiroyli va energiya tejamkor, ko‘rinishidan oddiy uydan farq qilmaydigan ushbu binolar qanday texnologiya asosida qurilgani haqida Sputnik muxbiri reportajida tanishing.

Qurilish texnologiyasi

"Dastlab, qurilish loyihasi asosida uyning barcha yengil konstruksiyali devorlari va detallari fabrikada ishlab chiqariladi va yuqori aniqlikda birlashtiriladi.
Keyingi bosqichda, uy loyihasiga mos shaklda beton fundament quyilgandan so‘ng, uyning yarim tayyor detallari 10-15 kun ichida montaj qilinadi. Natijada 2 haftalik qisqa muddatda uy tayyor holatga keladi.
Mazkur loyihani amalga oshirishda betopan (fibersement), gipsokarton, penoplast, OSB, stalnoy list, bazalt, bo‘yoqlar, kabel, alyumin deraza va mdf eshiklardan foydalaniladi", - ” dedi loyiha menedjeri Farruxbek Mo‘minov.
© Xokimiyat Andijanskoy oblastiNovie doma v Andijanskoy oblasti
Novie doma v Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Novie doma v Andijanskoy oblasti
Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, 70% qurilish materiallari mahalliy ishlab chikaruvchilardan 30 % qurilish materiallari - Rossiya, Xitoy va Turkiya davlatlaridan import kilish ko‘zda tutilmokda.
“Qurilishda 30% import qilinadigan xomashyo, rulon shaklidagi stal list va betopan(fibersement) Rossiya davlatidan import qilinadi. Chunki Rossiyadan yukori sifatli stal list va betopan topish imkoniyati katta va ikki davlat o‘rtasidagi savdo imtiyozlaridan ham foydalanish mumkin. 2023-yil yakuniga qadar ishlab chiqarishdagi import ulishini 15% ga yetkazish rejalashtirilgan”, dedi mutaxassis.
Yengil konstruksiyali uylar issiq va sovuqdan izolyatsiyasi a’nanaviy uylarga nisbatan bir necha barobar yukori hisoblanadi. Ya’ni, an’anaviy uylarga nisbatan issiqlikni uzoq muddat ushlab tura oladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane
Shavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Shavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane
Solishtirish uchun oddiy uylarning devor qismida foydalaniladigan 10 mm qalinlikdagi fibersement beradigan issiqlik 35-40 mm qalinlikdagi beton beradigan issiqlik bilan tengdir.

Xavfsizlik

Yengil konstruksiyali uylarda foydalanadigan barcha materiallar inson sog‘ligi uchun mutlaqo xavfsiz bo‘lib ushbu xomasholar qayta ishlanishi mumkin.
Shuningdek, uylarning devor qismida foydalaniladigan betopan (fibersement) yong‘inga karshi chidamli hisoblanadi. Uydan yong‘in chiqqan takdirda u erimaydi, aksincha yong‘inni so‘ndirishga yordam beradi. Yuqori issiqlik va ovoz izolyatsiyasi suvga chidamli bo‘lib a’nanaviy uylarga nisbatan suv shimuvchanligi juda past.
“Yig‘ma uylar tashqi ta’sirlarga bog‘lik ravishda (xavo shartlari) o‘rtacha 40-50 yilga chidamli. Uyning xizmat qilish muddatiga shamol qor, yomg‘ir, namlik va foydalanish shakli ta’sir kilishi mumkin”, dedi Farruxbek.
A’nanaviy uylarga nisbatan 5-6 marta yengilroq bo‘lgan yengil konstruksiyali uylar 7 balgacha zilzila va 90 km\s tezlikdagi shamolga bardoshliligi isbotlangan. Uylar yengil va egiluvchan hisoblanadi.
Prefabrik uyning asosiy qismlari temir vintlar bilar birlashtiriladi. Shu sababli zilzila bo‘lganda uylar bukilishi mumkin, qulab tushish ehtimoli ancha kam. Yengil konstruksiyali uylar 3 qavatga qadar qurilishi mumkin.
Kelgusida uy egasining xonalar joylashuvini o‘zgartirish yoki qo‘shimcha xonalar qo‘shish istagi tug‘ilishi mumkin. Bunday xolatda o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane
Shavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Shavkat Mirziyoyev osmotrel eksperimentalnie doma v Andijane
Yangiliklar lentasi
0