O‘zbekistonlik ayol zilziladan jabrlangan turkiyaliklar uchun chopon yig‘moqda - video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Mohira Sultonova – Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun chopon yig‘ayotgan o‘zbekistonlik ayol.
U tabiiy ofat tasvirga olingan videoni ko‘rganidan keyin ularga yordam berishga qaror qilgan. Zilziladan aziyat chekkanlarga oddiy odamlar ham chopon olib kelmoqda .
“Men shunchaki insoniylik jihatidan o‘ylab qoldim: Ularda bizning choponlarimiz bo‘lganda edi. Ular chopon bilan isinib olishgan bo‘lardi. Chunki bizning choponlarimiz butun tanani yopadi", - deydi Mohira Sultonova.
Yig‘ilgan choponlar yaqin orada charter reyslar orqali Turkiyaga jo‘natib yuboriladi.
Choponlarni yig‘ish hali ham davom etmoqda. Ularni Toshkentdagi “Navro‘z” etnografik bog‘iga olib kelish mumkin
O‘zbekistonliklar qardosh Turkiya xalqiga har qanday yo‘l bilan yordam berishga harakat qilishayotgani Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0