Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 9-fevralning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota BPLA "Orlan-10" i SAU "Akatsiya" v yujnom sektore SVO
Rabota BPLA Orlan-10 i SAU Akatsiya v yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanmalar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Rossiya Federsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning o‘tgan sutkada sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida Xarkov viloyati Granikovka, Tabayevka, Berestovoe hamda LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi artilleriya zarbalari UQKning 103-hududiy mudofaa brigadasi, 14-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalarining askaralari va texnikasini yo‘q qildi. Sutka davomida 30 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta pikap va AQShda ishlab chiqarilgan bitta M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhining artilleriyasi va aviatsiya Raygorodok, DXRning Yampolovka, Stelmaxovka, Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida, shuningdek, Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligida joylashgan UQKning 116-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalari, 92-mexanizatsiyalashgan, 81-aeromobil va 95chi havo-desant bo‘linmalariga zarba berdi. Kun davomida 110 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar mashina, "Grad" reaktiv tizimi qurilmasi, ikkita D-20 gaubitsasi, shuningdek, Xarkov viloyati Podliman qishlog‘i yaqinidagi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi hujumi va artilleriya zarbasi natijasida 90 nafargacha Ukraina harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashina, oltita AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" artilleriya tizimi, va AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
DXRning Slavansk, Avdeyevka va Malinovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta artilleriya o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida "Vostok" kuchlari guruhi qo‘shinlari DXRning Vodanoe va Ugledar aholi punktlari hududlarida UQKning 35-dengiz piyoda brigadasi, 1-tank va 72-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi. Kun davomida 85 dan ortiq harbiy xizmatchi, bitta tank, uchta piyoda jangovar mashinasi, ikkita avtomashina, MSTA-B gaubitsasi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, shuningdek, ikkita D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi. Ugledar yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dori ombori ham yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishi bo‘yicha, artilleriyaga qarshi kurash doirasida bir kun ichida MSTA-B gaubitsasi va uchta yirik kalibrli minomotlari yo‘q qilindi.
Xerson viloyatining Nikolayevka va Chernobayevka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta o‘q-dori ombori o‘qqa tutildi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 116 ta hududda joylashgan 83-artilleriya bo‘linmalariga ularning o‘q otish pozitsiyalarida zarba berdi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari DXRning Novopavlovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini Xerson shahri yaqinida urib tushirdi.
Bundan tashqari, kun davomida Xarkov viloyatining Tavoljanka, Lozovaya, DXRning Kirilovka, Kremennaya, Krasnorechenskoe, Kolomiyvonopka, Cherkovskiy, LXRNing Naugolnya, Zaporojye viloyatining Vodanoe hamda Xerson viloyatining Knyaz-Grigorovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 11 ta uchuvchisiz uchish apparati va AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS reaktiv tizimining 13 ta raketasi yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina jami 384 ta samolyot, 206 ta vertolot, 3057 ta uchuvchisiz uchish apparati, 403 ta zenit-raketa kompleksi, 7 798 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1012 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4034 ta dala artilleri. dona va minomotlar, shuningdek, 8302 dona maxsus harbiy texnikasini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0