Volodin Bayden o‘zini tarixga terrorchi sifatida kiritayotganini aytdi

© Sputnik / Maksim BlinovPredsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Avvalroq jurnalist Seymur Xersh Vashington “Shimoliy oqimlar”dagi portlashlarga aloqadorligi haqida maqola chop etgan edi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zini tarixga terrorchi sifatida kiritayotganini ma’lum qildi.

“Agar Trumen (AQShning sobiq prezidenti) Xirosima va Nagasakining tinch aholisiga qarshi atom qurolini qo‘llagan jinoyatchi bo‘lgan bo‘lsa, Bayden o‘zining strategik hamkorlari: Germaniya, Fransiya, Niderlandiyaning energetika infratuzilmalarini yo‘q qilishga farmon bergan terrorchi”, - deya yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.

Rossiya Davlat dumasi raisi bu “o‘z fuqarolari manfaatlaridan kelib chiqib, iqtisodiyotini rivojlantirishga qaror qilgan o‘z vassallarini” qo‘rqitish aksiyasi bo‘lganini ta’kidlagan. “Shimoliy oqimlar”da uyushtirilgan portlashlar haqidagi chop qilingan faktlar xalqaro surishtiruv va AQSh prezidenti Jo Baydenni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi darkor.
Jurnalist va Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh 8-fevral kuni Vashingtonning “Shimoliy oqimlar”dagi portlashlarga aloqadorligi haqida maqola chop etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik g‘avvoslar NATO mashg‘ulotlari chog‘ida portlovchi moddalarni o‘rnatishgan, portlatish to‘g‘risidagi qarorni esa shaxsan AQSh prezidenti Jo Bayden milliy xavfsizlik jamoasi bilan to‘qqiz oylik muhokamalardan so‘ng qabul qilgan. Pentagon buni rad etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0