https://oz.sputniknews.uz/20230209/ukraina-32141613.html
Ukrainaga "Leopard-1" tanklari yuborish: Urfin Jus askarlariga – yog‘och tanklar berish
Ukrainaga "Leopard-1" tanklari yuborish: Urfin Jus askarlariga – yog‘och tanklar berish
Sputnik O‘zbekiston
Kollektiv G‘arb Ukrainani eski temir-tersaklar bilan ta’minlab, Rossiyaga qarshi mag‘lubiyati muqarrar bo‘lgan proksi-urushini davom ettirmoqda. 09.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-09T22:15+0500
2023-02-09T22:15+0500
2023-02-09T22:15+0500
kolumnistlar
qurol
britaniya
london
vladimir zelenskiy
germaniya
nato
ukraina
aqsh
rossiya mudofaa vaziri
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0d/31441808_0:141:2750:1688_1920x0_80_0_0_d956d6dd0f74355ad53a33189f3bd478.jpg
TOShKENT, 9 fev - Sputnik. Germaniya 40-yil avval safdan chiqarilgan "Leopard-1" tanklarining katta partiyasini jo‘natishga qaror qildi. Bu mashinalarning samarasi o‘tmishda tasdiqlanmagan, hozirgi jangda ham samara ko‘rsatishi noma’lum. Biroq, G‘arbda “Urfin Jusning ukrain yog‘och askarlari” uchun har qanday tank bo‘laveradi deb hisoblashadi, shekilli.Bahor oyida Kiyev rejimi 12 ta mamlakatdan 140 tagacha tank qabul qilib olishni kutmoqda. "Leopard-1A5" katta partiyasini Germaniya “reanimatsiya”dan so‘ng yetkazib beradi, ya’ni 2024-yildan avvalroq. Eslatib o‘taman, ancha zamonaviyroq bo‘lgan "Leopard II" va Amerikaning "Abrams"lari ham ancha kuchsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Va ko‘plari Iroq, Suriya, Yaman hududida yengil qurollangan islomiy, kurd va hutiy tuzilmalari bilan bo‘lgan so‘nggi janglarda yo‘q qilingan.NATO rahbariyati UQK ning katta yo‘qotishlari va o‘q-dorilarning “misli ko‘rilmagan darajada” ko‘p ishlatilayotganidan sarosimada. AQSh Yevropa qo‘mondonligi rahbari general Kristofer Kavolining so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiya maydonida Rossiya artilleriyasi kuniga o‘rtacha 20 mingdan ortiq snarad ishlatmoqda, Ukraina artilleriyasi esa to‘rt baravar kam. Buni Jami AQShning bir yil ichida ishlab chiqarilgan artilleriya snaradlari bilan solishtirish mumkin.NATO “asrlik sinovlar”ga tayyorlanmoqdaAQSh Ukrainani “uzoq istiqbolda ham qurollar bilan ta’minlash” rejalarini tasdiqladi. AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressga har yili yo‘llaydigan murojaatida “Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashini” ma’lum qildi. Va Ukraina mojarosi Amerika uchun ham, butun dunyo uchun ham “asr sinovi” deb atadi. Bu yangilik emas - sharqiy yerlarni mustamlaka qilish bo‘yicha o‘rta asrlardagi nemis konsepsiyasi “Drang nach Osten”. Shubhasiz, AQSh Ukrainani Rossiyaga qarshi kurash uchun forpost sifatida tark etish niyatida. NATO bo‘yicha ittifoqchilar yangi “yuz yillik urush”ga tayyorlanishlari kerak bo‘ladi.Ukrainaga Rossiya bilan qarshi taxminiy urush uchun “NATO qurollariga ega, ideal tayyorlangan 400 ming askar kerak”. Britaniya bir yil ichida UQKning 20 ming nafar askarlarini urush olib borishga o‘rgatishga tayyor. Londonda ukrain qiruvchi samolyotlari uchuvchilari va dengiz piyoda askarlarini NATO standarti bo‘yicha o‘qitish boshlangani ma’lum qilindi. Britaniya allaqachon UQKga barcha og‘ir artilleriyasini (30 ta) topshirib bo‘lgan, qirollik qiruvchi aviatsiyasining esa jangovar shayligi past. Murabbiylar ham shunga yarasha.NATOing boshqa mamlakatlarida ham xuddi shunday holat. Alyans harbiy salohiyatini loyihalashtirish muammolari – umuman hal qilib bo‘lmas muammo. "The New York Times" gazetasi 6-fevral kuni shunday yozgan edi: “og‘ir qurollarning katta qismi ulardan avval umuman foydalanmagan ukrain harbiylaridan jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi”. "Leopard" tankchilarini uch oy ichida tayyorlash mumkin - bunda sifatga kafolat yo‘q. F-16 qiruvchi samolyotlari uchuvchilarini tayyorlash uchun eng qisqa muddat - yarim yil. Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida NATO tanklari va zarba beruvchi qurollari paydo bo‘lishi alyans tankchilari va uchuvchilarining to‘g‘ridan-o‘g‘ri janglarda ishtirok etishi ehtimoli bor. Ammo bu mutlaqo boshqa hikoya. Rossiyaning “yadroviy ogohlantirishlarini e’tiborga olmay” NATO qizil chiziqdan o‘tib ketishi mumkin."Financial Times" buni tasdiqlaydi: “Ukraina mojarosi Yevropada o‘q-dorilarni yetkazib berish zanjiri inqirozini keltirib chiqardi... Harbiy-sanoat kompleksi kompaniyalari milliy zaxiralarni to‘ldirish va Kiyevning ishtahasini qondirish uchun kurashmoqda”.AQSh harbiy sanoat komplekslari Ukraina uchun oyida 12 tadan ko‘p tank ishlab chiqarib bera olmaydi. Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiyaning 11 oyi davomida UQK ning 7789 ta zirhli texnikasini yo‘q qildi. Ularning uch qismi- tanklar. Izohlar ortiqcha.RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu 7-fevral kuni G‘arbning Kiyevga harbiy yordamini misli ko‘rilmagan deya atadi va shu bilan birgalikda ular yetkazib berish yo‘nalishlarida va maxsus operatsiya zonasida muvaffaqiyatli tarzda yo‘q qilinayotganini ma’lum qildi. Rossiya tarixi Amerika “qoidalari” va rejalariga qaramasdan rivojlanmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0d/31441808_157:0:2594:1828_1920x0_80_0_0_2146c176e3eb784fb87288e4446352af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, qurol, britaniya, london, vladimir zelenskiy, germaniya, nato, ukraina, aqsh, rossiya mudofaa vaziri
kolumnistlar, qurol, britaniya, london, vladimir zelenskiy, germaniya, nato, ukraina, aqsh, rossiya mudofaa vaziri
Ukrainaga "Leopard-1" tanklari yuborish: Urfin Jus askarlariga – yog‘och tanklar berish
Kollektiv G‘arb Ukrainani eski temir-tersaklar bilan ta’minlab, Rossiyaga qarshi mag‘lubiyati muqarrar bo‘lgan proksi-urushini davom ettirmoqda.
TOShKENT, 9 fev - Sputnik. Germaniya 40-yil avval safdan chiqarilgan "Leopard-1" tanklarining katta partiyasini jo‘natishga qaror qildi. Bu mashinalarning samarasi o‘tmishda tasdiqlanmagan, hozirgi jangda ham samara ko‘rsatishi noma’lum. Biroq, G‘arbda “Urfin Jusning ukrain yog‘och askarlari” uchun har qanday tank bo‘laveradi deb hisoblashadi, shekilli.
Germaniya mudofaa vaziri 7-fevral kuni Kiyevga zaxiradan 178 ta "Leopard-1A5" tanklarini yetkazib berilishini ma’lum qildi. Berlinda ushbu tanklar Ukrainada tezda yonib kul bo‘lishini yaxshi bilishadi. Shu sababli alohida tank batalonining zamonaviy modellari Ukrainaga yuborish maqsadga muvofiq emaslini anglashadi (aksilreklama). Ukraina tankchilari tug‘ilmasidan paydo bo‘lgan “Leopardlar”ni jo‘natsa bo‘laveradi. Shubhasiz, ushbu osori-atiqa tanklar Sloveniya tomonidan berilgan T-54/55 tanklari bilan birgalikda Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida jangovar layoqatsizligi ma’lum bo‘ladi.
Bahor oyida Kiyev rejimi 12 ta mamlakatdan 140 tagacha tank qabul qilib olishni kutmoqda. "Leopard-1A5" katta partiyasini Germaniya “reanimatsiya”dan so‘ng yetkazib beradi, ya’ni 2024-yildan avvalroq. Eslatib o‘taman, ancha zamonaviyroq bo‘lgan "Leopard II" va Amerikaning "Abrams"lari ham ancha kuchsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Va ko‘plari Iroq, Suriya, Yaman hududida yengil qurollangan islomiy, kurd va hutiy tuzilmalari bilan bo‘lgan so‘nggi janglarda yo‘q qilingan.
1986 yilda ishlab chiqarilgan "Leopard-1A5" modifikatsiyasi jangovar xususiyatlariga ko‘ra 1965-yildan avvalgi namunadan ustun emas va faqat aloqa jihozlari, nishonga olgich va model zirhli himoyasi bilan ajralib turadi. Yuqori intensivlikdagi harbiy harakatlarda hech qachon qatnashmagan. Uning Sovet ittifoqi davrida yaratilgan T-62 yoki T-64 kabi “tengdoshlari” bilan to‘qnashuvi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. "Leopard-1"ning eski 105 mmlik to‘pi xususiyatlari ham maqtovli emas, 105mm snaradlarning zaxirasi esa G‘arbda yo‘q. Daniya va Niderlandiyaning qo‘shimcha urinishlari hech nimani o‘zgartirmaydi. "Military Watch" nashri shunday xulosa qilmoqda: “1960 yillarda ishlab chiqilgan Leopardlar Ukrainadagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi”.
NATO rahbariyati UQK ning katta yo‘qotishlari va o‘q-dorilarning “misli ko‘rilmagan darajada” ko‘p ishlatilayotganidan sarosimada. AQSh Yevropa qo‘mondonligi rahbari general Kristofer Kavolining so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiya maydonida Rossiya artilleriyasi kuniga o‘rtacha 20 mingdan ortiq snarad ishlatmoqda, Ukraina artilleriyasi esa to‘rt baravar kam. Buni Jami AQShning bir yil ichida ishlab chiqarilgan artilleriya snaradlari bilan solishtirish mumkin.
NATO “asrlik sinovlar”ga tayyorlanmoqda
AQSh Ukrainani “uzoq istiqbolda ham qurollar bilan ta’minlash” rejalarini tasdiqladi. AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressga har yili yo‘llaydigan murojaatida “Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashini” ma’lum qildi. Va Ukraina mojarosi Amerika uchun ham, butun dunyo uchun ham “asr sinovi” deb atadi. Bu yangilik emas - sharqiy yerlarni mustamlaka qilish bo‘yicha o‘rta asrlardagi nemis konsepsiyasi “Drang nach Osten”. Shubhasiz, AQSh Ukrainani Rossiyaga qarshi kurash uchun forpost sifatida tark etish niyatida. NATO bo‘yicha ittifoqchilar yangi “yuz yillik urush”ga tayyorlanishlari kerak bo‘ladi.
Kiyevning asosiy masxarabozi Vladimir Zelenskiy bugun Britaniya parlamentida nutq so‘zlash va uzoq masofali qurollar – raketalar va samolyotlar so‘rash uchun Londonga uchib ketdi. Eslatib o‘taman, Zelenskiy 180 ta qiruvchi samolyotlar olishga umid qilmoqda, Pentagon rozi, biroq Londonning zarba beruvchi samolyotlari ancha kam.
Ukrainaga Rossiya bilan qarshi taxminiy urush uchun “NATO qurollariga ega, ideal tayyorlangan 400 ming askar kerak”. Britaniya bir yil ichida UQKning 20 ming nafar askarlarini urush olib borishga o‘rgatishga tayyor. Londonda ukrain qiruvchi samolyotlari uchuvchilari va dengiz piyoda askarlarini NATO standarti bo‘yicha o‘qitish boshlangani ma’lum qilindi. Britaniya allaqachon UQKga barcha og‘ir artilleriyasini (30 ta) topshirib bo‘lgan, qirollik qiruvchi aviatsiyasining esa jangovar shayligi past. Murabbiylar ham shunga yarasha.
Umumiy soni 194 ming nafar harbiy bo‘lgan Britaniya Qurolli kuchlari NATO ishtiroki bilan bo‘ladigan mojaro holatida ham yetarli darajada jihozlangan bo‘linmalar va o‘q-dorilarga ega emas. "Sky News" telekanali xabar qiladi: 25-30 “shtikli” Britaniya diviziyasini yaratish uchun Londonga 10-yil kerak, bugungi kunda esa Britaniya harbiylarining 10 ming nafarigina jangga tayyor. Ushbu “instruktorlar” bir yil ichida Rossiyaga qarshi urush uchun 20-30 ming UQK askarlarini qanday tayyorlamoqchi?
NATOing boshqa mamlakatlarida ham xuddi shunday holat. Alyans harbiy salohiyatini loyihalashtirish muammolari – umuman hal qilib bo‘lmas muammo. "The New York Times" gazetasi 6-fevral kuni shunday yozgan edi: “og‘ir qurollarning katta qismi ulardan avval umuman foydalanmagan ukrain harbiylaridan jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi”. "Leopard" tankchilarini uch oy ichida tayyorlash mumkin - bunda sifatga kafolat yo‘q. F-16 qiruvchi samolyotlari uchuvchilarini tayyorlash uchun eng qisqa muddat - yarim yil. Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida NATO tanklari va zarba beruvchi qurollari paydo bo‘lishi alyans tankchilari va uchuvchilarining to‘g‘ridan-o‘g‘ri janglarda ishtirok etishi ehtimoli bor. Ammo bu mutlaqo boshqa hikoya. Rossiyaning “yadroviy ogohlantirishlarini e’tiborga olmay” NATO qizil chiziqdan o‘tib ketishi mumkin.
G‘arb Germaniya, Britaniya, Amerika tanklari va samolyotlari UQK infratuzilmalariga (bazalar va aerodromlarga), logistika, taktikalariga to‘g‘ri kelmasligi va yangi muammolar yaratishini anglab bormoqda. "The American Greatness" nashri shunday yozadi: “Ukraina mag‘lubiyat yoqasida turibdi, hech qanday mo‘’jizaviy qurol UQKni qutqara olmaydi, Kiyev rejimi mag‘lubiyatga mahkum. Rossiya Ukraina kuchlarini ishonch bilan qurshab bormoqda. Rossiya butun G‘arbga qaragandan ko‘proq qurollar va o‘q-dori ishlab chiqarishi mumkin”. Rossiya mudofaa sanoati yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar va (tankka qarshi) artilleriya “Krasnopol” snaradlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda.
"Financial Times" buni tasdiqlaydi: “Ukraina mojarosi Yevropada o‘q-dorilarni yetkazib berish zanjiri inqirozini keltirib chiqardi... Harbiy-sanoat kompleksi kompaniyalari milliy zaxiralarni to‘ldirish va Kiyevning ishtahasini qondirish uchun kurashmoqda”.
AQSh harbiy sanoat komplekslari Ukraina uchun oyida 12 tadan ko‘p tank ishlab chiqarib bera olmaydi. Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiyaning 11 oyi davomida UQK ning 7789 ta zirhli texnikasini yo‘q qildi. Ularning uch qismi- tanklar. Izohlar ortiqcha.
Ukraina g‘alabasining istiqbollari ko‘rinmaydi. Va yuzlab “vundervaffelar” ham mojaro yakunini o‘zgartira olmaydi. AQSh bir necha marotaba va doimo insoniyat tarixini o‘z foydasiga to‘g‘rilab og‘dirib olmoqchi bo‘lgan (eng yorqin misollar – Vyetnam va Afg‘onistondagi voqealar). Ukrainani demilitarizatsiyalash va denatsifikatsiyalash (NATOning Rossiyaga qarshi forposti) muhim va muqarrar.
RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu 7-fevral kuni G‘arbning Kiyevga harbiy yordamini misli ko‘rilmagan deya atadi va shu bilan birgalikda ular yetkazib berish yo‘nalishlarida va maxsus operatsiya zonasida muvaffaqiyatli tarzda yo‘q qilinayotganini ma’lum qildi. Rossiya tarixi Amerika “qoidalari” va rejalariga qaramasdan rivojlanmoqda.