Turkiyadagi zilzila litosfera plitalarini siljitib yuborgani ma’lum bo‘ldi

© AP Photo / Khalil HamraMujchina v poiskax lyudey v razrushennom zdanii v Adane, Tursiya, ponedelnik, 6-fevralya 2023 goda.
Mujchina v poiskax lyudey v razrushennom zdanii v Adane, Tursiya, ponedelnik, 6-fevralya 2023 goda.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Olimning fikricha, Arabiston tektonik plitasi Turkiya joylashgan Anadolu plitasiga nisbatan janubi-g‘arbga taxminan 3 metrga siljigan.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Turkiyadagi zilzila tufayli litosfera plitalari 3 metrga siljigan. Bu haqda Italiya Geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti prezidenti Karlo Doglioni “Corriere della Sera” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Olimning fikricha, Arabiston tektonik plitasi Turkiya joylashgan Anadolu plitasiga nisbatan janubi-g‘arbga taxminan 3 metrga siljigan.

“Biz bu dunyo, Arabiston plitasi va Anadolu plitasi o‘rtasidagi chegara zonasidagi struktura haqida gapirayapmiz ... hammasi bir necha o‘n soniyalarda sodir bo‘ldi”, - deb tushuntirdi Doglioni.

Uning qo‘shimcha qilishicha, aftershoklar seriyasi qachon tugashini oldindan aytib bo‘lmaydi. Doglionining fikricha, to‘plangan energiya ajralib chiqmaguncha, hodisa to‘xtamaydi.
6 fevral kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Prezident Rajab Toyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu 1939-yildan beri eng kuchli zilzila bo‘ldi. O‘sha kuni tushdan keyin yana 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Turkiyada halok bo‘lganlar soni 13 mingga yaqinlashgan, yaradorlar esa 63 mingga yaqin.
Yangiliklar lentasi
0