https://oz.sputniknews.uz/20230209/peskov-rossiya-va-turkiya-gaz-xabi-yuzasidan-malumot-berdi-32138678.html
Peskov Rossiya va Turkiya gaz xabi yuzasidan ma’lumot berdi
Peskov Rossiya va Turkiya gaz xabi yuzasidan ma’lumot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya bu ofatni yengib, jabrlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishiga, vayron bo‘lgan shaharlarni qayta tiklashiga shubhamiz yo‘q, deydi Peskov. 09.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-09T17:05+0500
2023-02-09T17:05+0500
2023-04-05T18:43+0500
rossiya
turkiya
dmitriy peskov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28790452_0:208:2899:1839_1920x0_80_0_0_574e47b72c036cb24bd1a5d96ad1917b.jpg
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Rossiya va Turkiya gaz xabini yaratish hozir Anqara uchun ustuvor masala emas, jarayonlarda siljishlar bo‘lishi mumkin, ammo bu rejalar amalga oshishiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidladi.6 fevral kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Prezident Rajab Toyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu 1939-yildan beri eng kuchli zilzila bo‘ldi. O‘sha kuni tushdan keyin yana 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Turkiyada halok bo‘lganlar soni 13 mingga yaqinlashgan, yaradorlar esa 63 mingga yaqin.O‘tgan yil oktabr oyida Vladimir Putin Turkiyada gaz xabi tashkil etishni taklif qilgan edi. Putin ta’kidlaganidek, bunday qaror iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va xavfsizlik darajasi ancha yuqori bo‘ladi.Keyinroq Turkiya rahbari bilan uchrashuvda Putin markazning yaratilishi narxni “normal, bozor darajasida, hech qanday siyosiy ohanglarsiz” xotirjam tartibga solish imkonini berishini ta’kidlagandi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28790452_84:0:2815:2048_1920x0_80_0_0_d8bf0760bf78865e74daf5006d062769.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, turkiya, dmitriy peskov
rossiya, turkiya, dmitriy peskov
Peskov Rossiya va Turkiya gaz xabi yuzasidan ma’lumot berdi
17:05 09.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Turkiya bu ofatni yengib, jabrlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishiga, vayron bo‘lgan shaharlarni qayta tiklashiga shubhamiz yo‘q, deydi Peskov.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Rossiya va Turkiya gaz xabini yaratish hozir Anqara uchun ustuvor masala emas, jarayonlarda siljishlar bo‘lishi mumkin, ammo bu rejalar amalga oshishiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov
ta’kidladi. “Albatta, hozir bu Turkiya Respublikasi uchun ustuvor vazifa bo‘lishi mumkin emas. Biz bunga tushunish bilan munosabatda bo‘lamiz. Shunga ko‘ra, vaqt bo‘yicha biroz siljish bo‘lishi mumkin. Bilasiz, bu yo‘nalishda ishlar juda yuqori sur’atlar bilan bo‘lgan. Ammo Turkiya bu ofatni yengib, jabrlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishiga, vayron bo‘lgan shaharlarni qayta tiklashiga shubhamiz yo‘q. Bu borada ko‘plab davlatlar, jumladan, bizning mamlakatimiz ham kerak bo‘lsa Turkiyaga yordam beradi. Shuning uchun, ha, bu jarayon biroz siljishi mumkin, lekin aslida bu rejalarning amalga oshishiga ta’sir qilmaydi”, - dedi Peskov jurnalistlarga.
6 fevral kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Prezident Rajab Toyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu 1939-yildan beri eng kuchli zilzila bo‘ldi. O‘sha kuni tushdan keyin yana 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Turkiyada halok bo‘lganlar soni 13 mingga yaqinlashgan, yaradorlar esa 63 mingga yaqin.
O‘tgan yil oktabr oyida Vladimir Putin Turkiyada gaz xabi tashkil etishni taklif qilgan edi. Putin ta’kidlaganidek, bunday qaror iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va xavfsizlik darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Keyinroq Turkiya rahbari bilan uchrashuvda Putin markazning yaratilishi narxni “normal, bozor darajasida, hech qanday siyosiy ohanglarsiz” xotirjam tartibga solish imkonini berishini ta’kidlagandi.