O‘zbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ma’lum qilindi

© SputnikUzbekskie dengi, 5000 sumov
Uzbekskie dengi, 5000 sumov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Budjet daromadlari 2022-yilning yanvar oyida 13,4 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yil yanvarida 14,9 trillion so‘mni tashkil qildi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonning budjet daromadlari joriy yil yanvar oyida 14,9 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu haqda iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, yanvar oyining birinchi yarmida davlat budjeti daromad va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy farq oyning birinchi haftasi davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to‘liq moliyalashtirish hamda yil boshida odatda budjet tushumlarining kam bo‘lishi bilan izohlanadi.
Joriy yilning yanvar oyida mamlakatda havo haroratining keskin sovib ketishi hamda energiya resurslariga talabning keskin oshishi tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berishdagi uzilishlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlariga salbiy ta’sir qildi.
“Bu qariyb 30 ming tadbirkorlik subyektlarining soliq qarzdorligini 1,2 trillion so‘mga o‘sishiga olib keldi va budjet tushumlarining to‘liq tushishiga salbiy ta’sir qildi”, - deyiladi xabarda.
Ushbu sharoitda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida prezident qarori bilan ularning soliq qarzdorliklari bo‘yicha penya hisoblashni to‘xtatish, soliq qarzdorliklarini bo‘lib to‘lash, moddiy javobgarliklarga tortmaslik, kredit to‘lov muddatlarini uzaytirish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit olish shartlarini yengillashtirish kabi choralar belgilandi.
Qayd etilishicha, bu tadbirkorlik subyektlari faolligini qayta tiklashga va kelgusi oylarda budjet tushumlarini ko‘payishiga turtki bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, budjet daromadlari 2022-yilning yanvar oyida 13,4 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yil yanvarida 14,9 trillion so‘mni tashkil qildi. Soliq qarzdorligi oshmagan taqdirda daromadlar o‘sish sur’atining yuqoriroq bo‘lishi kutilgan.
Yangiliklar lentasi
0