Kiyevda sovet uchuvchisi Chkalov haykali olib tashlandi - video

© AP Photo / Efrem LukatskyDemontaj pamatnika letchiku Valeriyu Chkalovu v Kiyeve.
Demontaj pamatnika letchiku Valeriyu Chkalovu v Kiyeve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda Ukraina hukumati Rossiya va SSSR bilan bog‘liq narsalarga qarshi kurashishni faollashtirishgan.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Ukraina poytaxti Kiyevda sovet uchuvchisi Valeriy Chkalov haykalini buzib tashlashdi. Bu haqda UNIAN nashri xabar qildi.
“Kiyevda sovet uchuvchisi Valeriy Chkalov haykali buzib tashlandi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda sovet genarali Nikolay Vatutin haykali ham buzib tashlanadi.
Chkalov (1904-1938) – sinovchi uchuvchi, Sovet Ittifoqi qahramoni. Shimoliy qutb orqali Moskvadan Vankuverga qo‘nmasdan uchib o‘tishni amalga oshirgan samolyot ekipaji komandiri bo‘lgan. Uchuvchi haykali Kiyevda 1981-yilda o‘rnatilgan edi.
Ukrainada 2014-yilda davlat to‘ntarilishi bo‘lib o‘tgandan so‘ng dekommunizatsiya deb ataluvchi qonun qabul qilingan edi. Hujjat Sovet tarixi bilan bog‘liq yodgorliklarni buzib tashlash hamda obyekt nomlarini o‘zgartirishni nazarda tutadi. So‘nggi kunlarda Ukraina hukumati Rossiya va SSSR bilan bog‘liq narsalarga qarshi kurashishni faollashtirishdi. Butun Ukraina bo‘ylab yodgorlik buzib tashlanmoqda, ruslar va sovet yozuvchilari, rassomlari, olimlari nomi bilan atalgan ko‘chalarni qayta nomlashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0