Harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishOtpravka prizivnikov na voyennuyu slujbu
Otpravka prizivnikov na voyennuyu slujbu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolar 2023-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv boshlanadi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolar 2023-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Harbiy xizmatga yaroqli, muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar esa 2023-yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.
Yangiliklar lentasi
0