Turkmanistondan yetkazilgan gaz kimlarga bepul tarqatiladi?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNa avtomaticheskoy gazoraspredelitelnoy stansii
Na avtomaticheskoy gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida do‘stona yordam almashildi - tafsilotlar.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida do‘stona yordam almashildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi hamda yaqin qardoshlik rishtalaridan kelib chiqib, o‘zaro hurmat belgisi sifatida ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona yordam almashildi.
Turkmaniston O‘zbekistonga do‘stona va birodarlik bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gaz partiyasi bepul taqdim etdi.

"O‘z navbatida, taqdim etilgan suyultirilgan gaz yaqin kunlarda ehtiyojmand oilalarga bepul tarqatiladi", - deyiladi O‘zbekiston Energetika vazirligi xabarida.

Shuningdek, O‘zbekistondan qo‘shni davlatga 20 ta zamonaviy tez yordam mashinalari jo‘natildi.
Eslatib o‘tamiz, 4-fevral kuni O‘zbekistonga bepul suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhammedov “Türkmengaz” davlat konserniga topshiriq bergan edi. Bu bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda O‘zbekistonni do‘stona qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Yangiliklar lentasi
0