Turkiyadagi zilzila: yana ikki o‘zbekistonlik vayronalar orasidan qutqarildi

© AFP 2023 / ADEM ALTANOblomki ruxnuvshix zdaniy v Kaxramanmarase, nedaleko ot episentra zemletraseniya na yugo-vostoke strani 7-fevralya 2023 goda.
Oblomki ruxnuvshix zdaniy v Kaxramanmarase, nedaleko ot episentra zemletraseniya na yugo-vostoke strani 7-fevralya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
Shotirbekova Asal Hatay viloyatida binolar orasidan qutqarib chiqarilgan.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Yana ikki O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadagi zilziladan keyin vayronalar orasidan qutqarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qildi.

“1982 yil Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan fuqaromiz Shotirbekova Asal Hatay viloyatida binolar orasidan qutqarib chiqarildi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda hozir unga ilk yordam ko‘rsatilayotgani qo‘shimcha qilingan.
Bundan tashqari, 1996-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik Akramjon Hoshimov Malatya viloyatida vayronalar ostidan qutqarib chiqarilgan. Hozir u shifoxonada davolanmoqda.
Avvalroq Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida ro‘y bergan zilzila oqibatida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi topilgani xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Turkiyaga O‘zbekistondan 60 nafar FVV qutqaruvchilari va 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilgan. Ular 7-fevral kuni jo‘nab ketgan. 7-fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 8,5 ming kishidan oshgan. Jarohatlanganlar soni 50 ming kishiga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0