Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish bo‘yicha bepul elektron xizmat ishga tushiriladi

© findaPolzovatel za rabotoy
Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
2023 yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, talabalarni yotoqxonaga joylashtirish tizimi raqamlashtiriladi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish bo‘yicha bepul elektron xizmat ishga tushiriladi. Bu haqda 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Loyihada elektron davlat xizmatlarining ulushini 55 foizga yetkazish, shu jumladan, proaktiv xizmatlarni ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Unga ko‘ra, talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi Davlat xizmatlari markazi (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘rsatiladigan bepul elektron xizmati joriy etiladi.
Hujjat qabul qilinsa, quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
yotoqxonalar hisobini yuritish reyestri ishlab chiqiladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ustuvor ravishda joylashtiriladi;
YaIDXP orqali elektron ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatda 2023-yil mobaynida YaIDXPda joriy etiladigan va optimizatsiya qilinadigan 40 ta davlat xizmatlari va servislari ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0