Sharqiy va Markaziy harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlari o‘zgardi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Sharqiy va Markaziy harbiy okruglarga yangi qo‘mondonlar tayinlandi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. General-mayor Aybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti tegishli farmonni imzoladi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaAybek Saidov
Aybek Saidov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Aybek Saidov
General-mayor Saidov 2017-yil oktabrdan beri Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan polkovnik Farrux Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaFarrux Ziyabayev
Farrux Ziyabayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Farrux Ziyabayev
Ziyabayev u tayinlovga qadar O‘zbekiston Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Yangiliklar lentasi
0