O‘zbekistonga dron olib kirganlik uchun jazo yengillashtirilishi kutilmoqda

© unsplash.com/Jason BlackeyeDron. Illyustrativnoe foto.
Dron. Illyustrativnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
2023 yilgi davlat dasturi loyihasida ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlikni liberallashtirish nazarda tutilgan.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekistonga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kelganlik uchun jazo choralari yengillashtirilishi mumkin. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2023-yilgi davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Loyihada ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlikni liberallashtirish nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini birinchi marta sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
Ushbu toifadagi huquqbuzarliklar uchun Jinoyat kodeksiga belgilangan sanksiyalarga muqobil jazo choralari kiritiladi.
Ma’lumot uchun, respublika hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Turizm va madaniy meros vazirligi, Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” DUK, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi va YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan ularni (va butlovchi qismlarini) olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki foydalanishga ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0