O‘zbekiston va Sloveniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “O‘zbekiston – Sloveniya” biznes-forumi
“O‘zbekiston – Sloveniya” biznes-forumi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Sloveniya tadbirkorlar hamkorligi uchun qulaylik yaratishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston – Sloveniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda tegishli vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etishdi. Forumda O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Sloveniya delegatsiyasiga esa Sloveniya bosh vazirining o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Tani Fayon boshchilik qildi.
© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “O‘zbekiston – Sloveniya” biznes-forumi
“O‘zbekiston – Sloveniya” biznes-forumi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
“O‘zbekiston – Sloveniya” biznes-forumi
Tadbirda qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasining hajmi qariyb 40 foizga oshdi. Bu ko‘p jihatdan O‘zbekistonning “GSP+” preferensiyalar tizimining benefitsiari maqomini olishi tufayli mumkin bo‘ldi.
Tadbirda tashqi savdodagi ko‘rsatkichlarni yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakat ishbilarmon doiralari uchun zarur qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratib berishga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston va Sloveniya ishbilarmon doiralari avtomobilsozlik, butlovchi qismlar, metall buyumlar, gidravlik turbinalar, nasoslar, farmatsevtika mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqish, shuningdek chorvachilik, bog‘dorchilik va urug‘chilikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi.
Yangiliklar lentasi
0