Navoiy va Jomiy haqidagi film Lyuk Besson ishtirokida suratga olinadi

© Kinematografiya agentligi Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
Film O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va “Tojikfilm” kinostudiyasi hamkorligida suratga olinadi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston kinoijodkorlari hamkorligida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haqida tarixiy filmi suratga olinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
“Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy” filmida ikki buyuk shoirning hayoti hamda ijodi, falsafiy qarashlari, xalqchilligi, do‘stona munosabati haqida hikoya qilinadi. Suratga olish ishlari shoirlar hayotida muhim o‘rin tutgan hududlarda olib boriladi.
Kinoijodkorlari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko‘plab tarixiy va faktologik materiallar to‘plandi. Jomiy va Navoiyning ijod qilgan Sharq renessansi davriga oid ko‘plab manbalar o‘rganildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, filmni tasvirga olish jarayonlarida fransiyalik kinorejissor va aktor Lyuk Besson ham ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Abdurahmon Jomiyning Navoiydan yoshi ancha bo‘lsa ham ular chin do‘st va hamkor bo‘lishgan. Jomiy o‘zining bir qancha asarlarida Navoiyni, Navoiy ham o‘z asarlarida Jomiyni hurmat bilan tilga oladi.
Jomiy "Nafahot ul-uns", "Risolai musiqi", "Risolai muammo" kabi o‘ndan ortiq asarini Navoiy maslahati bilan yozgan. Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazir bo‘lgan kezlarida, o‘z siyosiy va ijtimoiy faoliyatida Jomiydan maslahatlar olib turgan.
Eslatib o‘tamiz, film yaratish bo‘yicha memorandum O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va “Tojikfilm” kinostudiyasi rahbariyati o‘rtasida o‘tgan yili o‘tkazilgan XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0