Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 8-fevralning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota gaubis "Msta-B" v yujnom sektore SVO
Rabota gaubis Msta-B v yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanmalar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligining hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi artilleriyasi Xarkov viloyati Olshana, Pershotravneve, Kraxmalnoe, Berestovoe va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 14 va 92 mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalari askarlari va texnikasini yo‘q qildi. Bir sutkada 35 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta BTR va bir avtomobil yo‘q qilindi.
Krasno-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Stelmahovka, Chervonopopovka, Chervonaya Dibrova, DXRning Kuzmino, Terna aholi punktlari hududlarida joylashgan Ukraina Qurolli Kuchlarining 95-havo hujumi va 81-aeromobil brigadalari va 66-mexanizatsiyalashgan, 25-havo desant bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va texnikasi to‘plangan hududlarga zarba berdi.
Natijada 130 dan ortiq ukrainalik harbiylar, bitta BMP, uchta zirhli jangovar mashinasi, "Grad" reaktiv qurilmasi, shuningdek, UQKning 66-mexanizatsiyalashgan brigadasining Xarkov viloyati Podliman aholi punkti yaqinidagi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi zarbalari natijasida 140 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, bitta tank, uchta pikap, uchta yengil avtomobil, shuningdek "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
DXRning Avdeyevka va Slavansk aholi punktlari hududlarida UQKning ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida "Vostok" kuchlar guruhi kuchlari DXRning Ugledar va Vodanoe aholi punktlari hududlarida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan, 1-tank va 35-dengiz piyoda brigadasi bo‘linmalariga aviatsiya va artilleriya zarbalari berishdi.
Ushbu yo‘nalishda bir sutkada 75 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, bita BMP, uchta zirhli jangovar mashinasi va ikkita boshqa texnika yo‘q qilindi.
DXRNing Novomixaylovka, Ugledar va Dobrovole aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining uchta o‘q-dori va yoqilg‘i ombori artilleriya yordamida yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida, Xerson viloyati, Olgovka qishlog‘i yaqinida, artilleriyaga qarshi kurash doirasida UQKning minomot ekipaji yo‘q qilindi.
Rossiya armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 74 ta artilleriya bo‘linmalarini 123 ta o‘q otish pozitsiyalarida shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasi bilan mag‘lub etdi.
Xarkov shahrida aviatsiya sanoati korxonasining ustaxonalari vayron qilingan, ularda uchuvchisiz uchish apparatlari va o‘q-dorilar modernizatsiya qilingan.
DXRning Krasnogorovka aholi punkti hududida UQKning 79-havo hujumi brigadasining shtab-kvartirasiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari LXRning Jitlovka, Stelmaxovka, Zaporojye viloyatining Krasnorechenskoe, Skelki, Yuqori Krinitsa aholi punktlari, Xerson viloyatining Staraya Zburevka, Trudovskaya, DXRning Kuybeshevo va Xarkov viloyatining Tabayevka aholi punktlari hududlarida 11ta HIMARS raketalari va 10ta uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 382 ta samolyot, 206 ta vertolot, 3046 ta uchuvchisiz uchish apparati, 403 ta zenit-raketa majmuasi, 7789 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1011 yoppasiga o‘t ochish raketa tizimlari jangovar texnikasi, 4022 ta dala artilleriya qurollariva minomotlari, shuningdek, 8291 dona maxsus harbiy texnika yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0