https://oz.sputniknews.uz/20230208/hech-kim-ishonmagan-edi-telefonlarni-qolsiz-tamirlaydigan-imkoniyati-cheksiz-usta-32100909.html
“Hech kim ishonmagan edi”: telefonlarni qo‘lsiz ta’mirlovchi imkoniyati cheksiz usta
“Hech kim ishonmagan edi”: telefonlarni qo‘lsiz ta’mirlovchi imkoniyati cheksiz usta
Sputnik O‘zbekiston
Dilmurod Jabborovning qo‘l-oyoqlari tug‘ma nogiron. U qanday qilib elektrotexnikalarni ta’mirlovchi ustaga aylangan - Sputnik᾽ning navbatdagi hikoyasi shu haqida. 08.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-08T20:38+0500
2023-02-08T20:38+0500
2023-02-08T20:48+0500
video
multimedia
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/08/32112691_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_5f1d2a672207f87d7152d0f550c30803.jpg
TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Toshkent viloyatining Pskent tumanida istiqomat qiluvchi Dilmurod Jabborovning qo‘l-oyoqlari tug‘ma nogiron: u oyoq-qo‘llari bilan mustaqil harakatlana olmaydi. Biroq bu unga elektrotexnikalarni tuzatishda xalal bermaydi.Kasallik sabab Dilmurod maktabda tahsil olmagan. Shu bilan birgalikda uyda ta’lim olishga ham imkoniyati bo‘lmagan. U hammasini mustaqil o‘rganishga to‘g‘ri kelgan. Ukasining darsliklarini ko‘rib yozish va o‘qishni o‘rgangan.Bundan tashqari, u biror kasbning etagini tutishga harakat qilgan. Bunda unga uydagi eski televizorning tez-tuz buzilishi yordam bergan.Garchi avvaliga unga hech kim ishonmagan bo‘lsada, mana 25-yildirki, u texnikalarni tuzatish bilan shug‘ullanadi.Usta otasi uni bu ishdan qaytarishga uringanini yaxshi eslaydi.Hozirgi kunda Dilmurod usta har qanday rusumdagi telefonlarni ta’mirlay oladi. Yangi telefonlar chiqsa, uning ichini ochib, erinmasdan tomosha qiladi, uni o‘rganadi. Bundan tashqari, u o‘ndan ortiq shogirdlariga saboq bergan.Dilmurod usta har bir inson mo‘’jizalar yarata olishiga ishonadi. Uning aytishicha, asosiysi - o‘ziga ishonch.Hikoyamiz qahramoni haqida batafsil videomizda tomosha qiling.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Ramiz Baxtiyarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34806501_486:173:1712:1399_100x100_80_0_0_7091e40bf6125d83f09e8e268dc7a79f.jpg
Ramiz Baxtiyarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34806501_486:173:1712:1399_100x100_80_0_0_7091e40bf6125d83f09e8e268dc7a79f.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/08/32112691_320:0:1280:720_1920x0_80_0_0_17616c3c49336f291db394425779fbc9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Ramiz Baxtiyarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34806501_486:173:1712:1399_100x100_80_0_0_7091e40bf6125d83f09e8e268dc7a79f.jpg
video, multimedia, video
“Hech kim ishonmagan edi”: telefonlarni qo‘lsiz ta’mirlovchi imkoniyati cheksiz usta
20:38 08.02.2023 (yangilandi: 20:48 08.02.2023) Eksklyuziv
Dilmurod Jabborovning qo‘l-oyoqlari tug‘ma nogiron. U qanday qilib elektrotexnikalarni ta’mirlovchi ustaga aylangan - Sputnik᾽ning navbatdagi hikoyasi shu haqida.
TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Toshkent viloyatining Pskent tumanida istiqomat qiluvchi Dilmurod Jabborovning qo‘l-oyoqlari tug‘ma nogiron: u oyoq-qo‘llari bilan mustaqil harakatlana olmaydi. Biroq bu unga elektrotexnikalarni tuzatishda xalal bermaydi.
Kasallik sabab Dilmurod maktabda tahsil olmagan. Shu bilan birgalikda uyda ta’lim olishga ham imkoniyati bo‘lmagan. U hammasini mustaqil o‘rganishga to‘g‘ri kelgan. Ukasining darsliklarini ko‘rib yozish va o‘qishni o‘rgangan.
Bundan tashqari, u biror kasbning etagini tutishga harakat qilgan. Bunda unga uydagi eski televizorning tez-tuz buzilishi yordam bergan.
“Televizorni tuzatish uchun uyimizga ustalar kelsa, men ularning ishlarini kuzatib turardim. Shundan radiotexnikalarni ta’mirlashga qiziqishim paydo bo‘lgan”, - deydi Jabborov.
Garchi avvaliga unga hech kim ishonmagan bo‘lsada, mana 25-yildirki, u texnikalarni tuzatish bilan shug‘ullanadi.
Usta otasi uni bu ishdan qaytarishga uringanini yaxshi eslaydi.
“Ammo men hammaga, bu ishni albatta o‘rganaman, derdim”, - deydi usta.
Hozirgi kunda Dilmurod usta har qanday rusumdagi telefonlarni ta’mirlay oladi. Yangi telefonlar chiqsa, uning ichini ochib, erinmasdan tomosha qiladi, uni o‘rganadi. Bundan tashqari, u o‘ndan ortiq shogirdlariga saboq bergan.
“O‘zim hech qayerda o‘qimagan bo‘lsamda, shogirdlarim meni ustoz deb atasa, ruhim ko‘tariladi, faxrlanaman. Ko‘proq shogirdlarga o‘rgatgim keladi, o‘z ustimda ko‘proq ishlashga harakat qilaman”, - deydi u.
Dilmurod usta har bir inson mo‘’jizalar yarata olishiga ishonadi. Uning aytishicha, asosiysi - o‘ziga ishonch.
Hikoyamiz qahramoni haqida batafsil videomizda tomosha qiling.