https://oz.sputniknews.uz/20230208/energetika-masalalarini-hal-qilishda-qayta-tiklanuvchi-energiya-salohiyatiga-tayaniladi-32117001.html
Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Sputnik O‘zbekiston
Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish mumkinligi qayd etildi. 08.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-08T18:12+0500
2023-02-08T18:12+0500
2023-02-08T18:12+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
energetika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/08/32116373_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_892ec26f93304a84a8aa199e833e786d.jpg
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.Yig‘ilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani ta’kidlanib, energetika masalalarini to‘liq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi.Bu choralar ko‘rilsa, hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortig‘i bilan, ya’ni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/08/32116373_67:0:1203:852_1920x0_80_0_0_3412e7ef556c26986d845c5d670d5971.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, energetika
jamiyat, shavkat mirziyoyev, energetika
Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish mumkinligi qayd etildi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda
ma’lum qildi. Yig‘ilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani ta’kidlanib, energetika masalalarini to‘liq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi.
Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish mumkinligi qayd etildi. Bu ishlar bilan ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari hududi, avtoturargohlar va yirik suv inshootlari hududini qamrab olish mumkin.
Bu choralar ko‘rilsa, hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortig‘i bilan, ya’ni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.