Bugun respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi - O‘zgidromet

© Sputnik / Aleksandr KrajevOsen, arxivnoe foto
Osen, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, ba’zi joylarga tuman tushishi, ayrim joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Bugun respublikaning bir qator hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Havo harorati +20 daraja iliqgacha bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, bugun faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi,15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +4-6 daraja iliq, kunduzi +12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ ldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda g‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -0-5 daraja sovuq, kunduzi +3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0