https://oz.sputniknews.uz/20230207/zelenskiy-ukraina-demokratiyasini-yoq-qildi--oav--32079856.html
Zelenskiy Ukraina demokratiyasini yo‘q qildi – OAV
Zelenskiy Ukraina demokratiyasini yo‘q qildi – OAV
Sputnik O‘zbekiston
Muallif xulosasiga ko‘ra, Zelenskiyni demokratiya va erkinlik himoyachisi sifatida ko‘rsatish noo‘rin. 07.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-07T17:15+0500
2023-02-07T17:15+0500
2023-02-07T17:15+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0a/29863008_0:35:2360:1363_1920x0_80_0_0_a7bf30938174294ea07dd5ec707deaef.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Vladimir Zelenskiy demokratiyani korrupsiya va doimiy o‘sib borayotgan hokimiyat ishtiyoqi bilan yopib qo‘ymoqda. Bu haqda sharhlovchi Ted Galen Karpenter “19FortyFive” uchun maqolasida yozgan.Shu bilan birga, tahlilchining fikricha, bunday “butparastlik Zelenskiyning fuqarolik erkinliklari va demokratik normalarni ochiqdan-ochiq buzgani haqidagi dalillarni e’tibordan chetda qoldirmoqda”.Karpenterning eslatishicha, Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin Kiyev rejimi rahbari 11 ta muxolif partiyani qonundan tashqari deb topgan. U, shuningdek, barcha milliy telekanallarni yagona platformaga birlashtirgan prezident farmonini chiqarish uchun harbiy vaziyatdan foydalangan.Bundan tashqari, Zelenskiy Rus pravoslav cherkovini taqiqlab qo‘ygan va uning oliy ruhoniylariga nisbatan qattiq sanksiyalar qo‘ygan.2022 yilning yozida Ukraina hukumati huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi tanqidchilarning qora ro‘yxatini e’lon qilgan, unda ko‘plab taniqli amerikaliklar ham bo‘lgan.Muallif xulosasiga ko‘ra, shunday qilib, Zelenskiyni demokratiya va erkinlik himoyachisi sifatida ko‘rsatish noo‘rin.2022 yil 24-fevralidan buyon Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0a/29863008_132:31:2089:1499_1920x0_80_0_0_c3231eef67f824bd646a5d143fc7412f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, vladimir zelenskiy
dunyoda, ukraina, aqsh, vladimir zelenskiy
Zelenskiy Ukraina demokratiyasini yo‘q qildi – OAV
Muallif xulosasiga ko‘ra, Zelenskiyni demokratiya va erkinlik himoyachisi sifatida ko‘rsatish noo‘rin.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Vladimir Zelenskiy demokratiyani korrupsiya va doimiy o‘sib borayotgan hokimiyat ishtiyoqi bilan yopib qo‘ymoqda. Bu haqda sharhlovchi Ted Galen Karpenter
“19FortyFive” uchun
maqolasida yozgan. “Vashingtonning Ukrainaga nisbatan siyosatini qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘pincha Ukraina rahbarini oliyjanob demokratiyani himoya qiluvchi sifatida ko‘rsatishadi, go‘yoki u AQShdan olgan harbiy yordamidan ham ko‘prog‘iga loyiqdek”, - deydi u.
Shu bilan birga, tahlilchining fikricha, bunday “butparastlik Zelenskiyning fuqarolik erkinliklari va demokratik normalarni ochiqdan-ochiq buzgani haqidagi dalillarni e’tibordan chetda qoldirmoqda”.
Karpenterning eslatishicha, Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin Kiyev rejimi rahbari 11 ta muxolif partiyani qonundan tashqari deb topgan. U, shuningdek, barcha milliy telekanallarni yagona platformaga birlashtirgan prezident farmonini chiqarish uchun harbiy vaziyatdan foydalangan.
Bundan tashqari, Zelenskiy Rus pravoslav cherkovini taqiqlab qo‘ygan va uning oliy ruhoniylariga nisbatan qattiq sanksiyalar qo‘ygan.
“Siyosatchi va uning yaqin doirasi nafaqat ichki, balki tashqi muxoliflarga ham bag‘rikenglik ko‘rsatmaydi”, -deyiladi maqolada.
2022 yilning yozida Ukraina hukumati huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi tanqidchilarning qora ro‘yxatini e’lon qilgan, unda ko‘plab taniqli amerikaliklar ham bo‘lgan.
“Sentabr oyida ro‘yxatdagi shaxslar “dezinformatsion terrorchilar” va “harbiy jinoyatchilar” deb atalganida, ro‘yxatning tahdidli xarakteri yanada oydinlashdi”, - deya qo‘shimcha qildi Karpenter.
Muallif xulosasiga ko‘ra, shunday qilib, Zelenskiyni demokratiya va erkinlik himoyachisi sifatida ko‘rsatish noo‘rin.
2022 yil 24-fevralidan buyon Rossiya Ukrainada
maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.