Yanvar oyida qaysi viloyatda eng ko‘p gaz o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi

© SputnikGazovaya truba
Gazovaya truba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Yanvar oyida ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi - vazirlik.
TOShKENT, 7 fev - Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi ushbu yilning yanvar qaysi viloyatlarda eng ko‘p gaz o‘g‘irlanganini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, eng ko‘p gaz Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida o‘g‘irlangan bo‘lib, aksariyat hollarda noqonuniy foydalanish ulgurji iste’molchilar tomonidan amalga oshirilgan.
Joriy yilning yanvar oyi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 614 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mln kub metr (85 mlrd so‘m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan
Buxoro viloyatida 37,9 mln kub metrni (37,8 mlrd so‘m),
Qashqadaryoda 25,1 mln kub metrni (25 mlrd so‘m),
Toshkent viloyatida 13,2 mln kub metrni (13,2 mlrd so‘m),
Navoiyda 3,5 mln kub metrni (3,6 mlrda so‘m),
Farg‘onada 1,3 mln kub metrni (1,2 mlrd so‘m) tashkil etgan.
Noqonuniy foydalanish holatlari iste’molchilar toifasi bo‘yicha — AGTKShlarda 20 ta holatda (76,8 mlrd so‘m), issiqxonalarda 30 ta (1,2 mlrd so‘m), ishlab chiqarish korxonalarida 39 ta (1,9 mlrd so‘m), umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 ta (0,7 mlrd so‘m) aniqlangan.
"Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborildi", - deyiladi xabarda.
Aytish joizki, O‘zbekistonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari uchrab turadi. O‘tgan yilning dekabr oyida prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Olmaliqdagi g‘isht zavodi gazga noqonuniy ulanib, faoliyat yuritganini keskin tanqid qilgan edi.
"Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz. U hokim bo‘ladimi, prokuror yoki soliqchimi, farqi yo‘q, tadbirkor bilan til biriktirgan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, kamida hudud rahbarlarining beparvoligi masalasi ham ko‘rib chiqiladi", degan edi o‘shanda Sardor Umurzakov.
Yangiliklar lentasi
0