Surxondaryoda ilk bor ishlab turgan yurakda jarrohlik amaliyoti bajarildi

© Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryo
Surxondaryo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kardiojarrohlik bo‘limi ish boshladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Surxondaryoda ilk bor ishlab turgan yurakda jarrohlik amaliyoti bajarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kardiojarrohlik bo‘limi ish boshladi. Bu yerdagi birinchi murakkab amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialining tibbiyot fanlari nomzodi Adham Jalilov boshchiligidagi kardioxirurglar jamoasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Shu tariqa viloyat tibbiyoti tarixida ilk bor ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Hozir bemorning ahvoli qoniqarli bo‘lib, standartlar asosida davo muolajalari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Milliy xirurgiya tarixida ilk bor yurak koronar-shuntlash va buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazilgan edi. Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ilk bor ochiq yurakda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar bajarish yo‘lga qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0