TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Ukraina 2023-yil yanvar oyida janglarda 5600 nafardan ziyod xarbiy xizmatchisini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.“G‘arb mamlakatlarining misli ko‘rilmagan harbiy yordamiga qaramasdan, dushman jiddiy yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Joriy yilning birgina birinchi oyida ular 6500 nafardan ziyod harbiy xizmatchi, 26 ta samolyot, 7 ta vertolot, 208 ta uchuvchisiz uchar qurilmasi, 341 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashina, 40 ta zalp bilan o‘t ochuvchi jangovar mashinani tashkil etdi”, - dedi Shoygu selektor yig‘ilishida.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Kiyevga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘ va texnikani yo‘q qilishda davom etmoqda.Ukraina harbiylari nima uchun pozitsiyalarini tark etishi aytildi
Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina joriy yilning birinchi oyida 6500 nafardan ziyod harbiy xizmatchisini yo‘qotgan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Ukraina 2023-yil yanvar oyida janglarda 5600 nafardan ziyod xarbiy xizmatchisini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“G‘arb mamlakatlarining misli ko‘rilmagan harbiy yordamiga qaramasdan, dushman jiddiy yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Joriy yilning birgina birinchi oyida ular 6500 nafardan ziyod harbiy xizmatchi, 26 ta samolyot, 7 ta vertolot, 208 ta uchuvchisiz uchar qurilmasi, 341 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashina, 40 ta zalp bilan o‘t ochuvchi jangovar mashinani tashkil etdi”, - dedi Shoygu selektor yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Kiyevga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘ va texnikani yo‘q qilishda davom etmoqda.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.