Samarqand turizm markazi va Indoneziya turistik uyushmasi o‘rtasida memorandum imzolandi

© IA "Dunyo"Uzbekistan i Indoneziya proveli konferensiyu po turizmu, biznesu i kulture v Djakarte.
Uzbekistan i Indoneziya proveli konferensiyu po turizmu, biznesu i kulture v Djakarte. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Tadbir O‘zbekiston elchixonasi va Indoneziyaning Halol turmush tarzi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Jakartada O‘zbekiston va Indoneziya turizm, biznes va madaniyat anjumani o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tadbir O‘zbekiston elchixonasi va Indoneziyaning Halol turmush tarzi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda indoneziyalik ziyoratchilarni O‘zbekiston sayyohlik maskanlariga jalb qilish, birgalikda charter reyslarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli sheriklikning boshqa masalalari yuzasidan kelishib olindi.
“O‘zbekiston turistik agentliklari va Indoneziyaning haj va umra dasturlariga ixtisoslashgan “ASITA”, “ASTINDO”, “Sapuhi”, “Amphuri” assotsiatsiyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.
Tadbir doirasida, shuningdek, Samarqand turizm markazi va “ASITA” turistik uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0