Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining maoshi oshirilishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
1 apreldan 27 ta professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining maoshlari 20 foizga oshirilishi mumkin.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yil 1-apreldan boshlab professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining maoshlari oshirilishi mumkin. Muhokamaga qo‘yilgan 2023-yilgi davlat dasturi loyihasida tegishli taklif bildirilgan.
Hujjat bilan professional ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalarini mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish taklif etilmoqda.
Professional ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan, malaka toifasiga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy o‘rta ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali o‘qituvchisi, oliy ma’lumotli o‘qituvchisi hamda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirilishi mumkin.
Natijada 27 ta professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining maoshlari 20 foizga oshiriladi va o‘rtacha 3 million so‘mga teng bo‘ladi.
Bu maqsadlarga joriy yilda 139 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Muhokama 17-fevralgacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0